"Moviy gumbazlar" bog‘ida BMX bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempionati bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Ruslan Yaroshenko / Mediabankka o‘tishChempionat po BMX-fristaylu
Chempionat po BMX-fristaylu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent markazida bo‘lib o‘tgan musobaqada poytaxt va 3 viloyatdan kelgan 27 nafar sportchilar ishtirok etishdi.
TOShKENT, 27-may - Sputnik. Toshkent markazidagi "Moviy Gumbazlar" bog‘ida velosportning BMX turi bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.
Musobaqa sportchildar yoshi bo‘yicha 2 toifaga bo‘lingan bo‘lib, unda Toshkent va yana viloyatdan kelgan 27 nafar sportchilar ishtirok etishgan. Tadbir yakunida g‘oliblar aniqlanib ularga medal va faxriy yorliqlar hamda qimmatli sovg‘alar topshirildi.
Ushbu tadbir Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, uni tashkil qilishda Toshkent shahar hokimligining Turizm va Sport boshqarmasi ham ishtirok etgan.
BMX - (Bicycle MotoX) X harfi xtream so‘zining qisqartirilgani, ya’ni "velo moto ekstrim" ma’nosini anglatadi. Ushbu sport turi dastlab motopoygachilar ko‘nikmalarini mashq qilish uchun o‘ylab topilgan. Buning uchun velosipedning maxsus turi yasalgan. Keyinchalik u mustaqil sport turiga aylanib ketgan. Bugungi kunda velosportning BMX turi rivojlanib juda ko‘p yo‘nalishlarga ega. Ularning 3 xili Olimpik sport turi hisoblanadi — BMX freestyle, BMX dirt, va BMX racing.
Yangiliklar lentasi
0