Jamiyat

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasida aviaqatnov qayta tiklandi

© Uzbekiston xavo yullariAirbus postavil pervыy A320neo dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Airbus postavil pervыy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
“Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent” aviaqatnovi qayta tiklandi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent qatnovi Oʻzbekistonda va Isroilda epidemiologik vaziyatni yaxshilash bilan bir qatorda hamda rejali qayta tiklanishni hisobga olgan holda, Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent qatnovi qayta tiklandi. Toshkent - Tel - Aviv - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz 24 may kuni amalga oshirildi.
Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi. Toshkent – Tel-Aviv aviachiptasining narxi 4 276 000 soʻmdan boshlanadi. Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yoʻnalishi aviachiptasining narxi 5 738 000 soʻmdan boshlanadi (narxlar aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirmani hisobga olingan holda koʻrsatilgan).
“Taʼkidlash joizki, xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu roʻyxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigratsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yoʻlovchilarni oʻz ichiga olmaydi,” – deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, 72 soatdan koʻproq vaqt davomida Isroildan tashqarida boʻlgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PTSR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.
Isroilga keladiganlar ushbu manzil orqali "Kirish hisoboti" shaklini Isroilga parvoz qilishdan oldin 24 soatdan kechiktirmasdan toʻldirishlari kerak: https://www.gov.il/en/service/request-entry-to-israel-covid19 va Isroil sogʻliqni saqlash vazirligidan elektron ruxsat olishlari talab etiladi. Bundan tashqari, yoʼlovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sugʻurtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega boʻlishlari kerak.
• Yoʻlovchilar Isroilga kelishlari bilan COVID-19 uchun PTSR-testini topshiradilar va 14 kungacha karantinda saqlanishlari mumkin.
• Qoʻshimcha maʼlumotlar haqida quyidagi havolada tanishish mumkin: https://tinyurl.com/ypvvex9p.
• COVID-19 haqida batafsil maʼlumot bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: https://www.gov.il/en/departments/air-travel-covid19-israel.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala