Dunyoda

Popular Mechanics Rossiyaga kosmosdan zarba berish imkonini oʻrgandi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishNatsionalnыy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone
Natsionalnыy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
X-37B - kosmik samolyot Rossiyaga Janubiy yarim shar tomonidan yaqinlashib kelib shimolda joylashgan uzoq masofadan aniqlash radarlariga zarba berishi mumkin.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Amerikaning uchuvchisiz boshqariladigan kichik kosmik kemasi X-37B Rossiyaga kosmosdan turib zarba berish imkoniga ega, deb yozadi Popular Mechanics muallifi Kayl Mizokami.
Yer orbitasida parvoz qiluvchi samolyot X-37B hozircha faqat bir modifikatsiyaga ega va u yadroviy qurol tashishga moʻljallanmagan, lekin uning bortiga uchtagacha termoyadroviy jangovar bosh W80 oʻrnatilishi mumkin.
Natsionalnыy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Kolumnistlar
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
“X-37Bning yadroviy qurol tashuvchisi sifatida foydalanishning yagona uslubi bor – kosmik bombardirovkachi Rossiyaga radioelektron razvedka qurollariga sezdirmasdan yaqin kelish imkonini beradigan orbital yoʻnalish tanlashi kerak”, - deb yozadi Mizokami.
Masalan u Rossiyaga Janubiy yarim shar tomonidan yaqinlashib kelib shimolda joylashgan uzoq masofadan aniqlash radarlariga zarba berishi mumkin. Shundan soʻng oddiy bombardimonchilar Rossiyaga shimoli orqali kirib kelib kuchli zarba berishi mumkin. Lekin kichik-shattlni payqash ehtimoli baribir yuqori.
“Ruslar yaqinlashib kelayotgan kosmik apparatni baribir oldindan koʻrish imkoniga ega. AQSH tomonidan Rossiyaga sezdirmasdan zarba berishning va javobdan qutilib qolishning iloji yoʻq. Hech qanday gipotetik kosmolyot buning uddasidan chiqa olmaydi. X-37B kichik shatllining strategik qadriyati yoʻq”, - degan xulosaga kelgan muallif.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin "Almaz-Antey" rahbari Yan Novikov amerikaning X-37 kosmik apparatlari oltitagacha yadroviy jangovar bosh tashishi mumkin va yadroviy zarba berish uchun foydalanilishi mumkin degan xulosaga kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala