Dunyoda

Qizil Xoch Rossiyadan “Sputnik V” vaktsinasini soʻradi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishVaktsina Sputnik V
Vaktsina Sputnik  V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Rossiyaga hukumatiga begʻaraz asosda “Sputnik V” vaktsinasini taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻnggi murojaat Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlaridan kelib tushgan.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Rossiyaga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.
“Rossiyaga hukumatiga soʻnggi murojaat (begʻaraz asosda “Sputnik V” vaktsinasini taqdim etish toʻgʻrisida) Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlaridan kelib tushdi”, - dedi u brifing davomida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz xodimlarini Rossiyaning koronavirusga qarshi“Sputnik V” vaktsinasidan foydalanishga ruxsat berilgan mamlakatlarda u bilan emlanishga chaqirgan edi.
Ampula s vaktsinoy protiv COVID-19 Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Dunyoda
BMT Bosh kotibi BSSTni "Sputnik V" vaktsinasini tan olishga chaqirdi
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasidan allaqachon 66 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3,2 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. Nufuzli “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal maʼlumotlariga koʻra, vaktsinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori koʻrsatgichlardan biri sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala