Kolumnistlar

Rossiya bombardimonchilarni nega Oʻrta yer dengiziga koʻchirdi

© Fotoxost-agentstvoDalniy sverxzvukovoy bombardirovщik-raketonosets Tu-22M3 i strategicheskiy bombardirovщik-raketonosets Tu-160
Dalniy sverxzvukovoy bombardirovщik-raketonosets Tu-22M3 i strategicheskiy bombardirovщik-raketonosets Tu-160 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Suriyaning Xmeynim shahridagi Rossiya aviabazasiga kuni kecha ilk uchta tovushdan tez uchadigan Tu-22M3 bombardimonchi raketa tashuvchilari keldi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Yadro qurolini tashishga qodir boʻlgan Rossiyaning Tu-22M3 bombardimonchi raketa tashuvchilarining Suriyadagi Xmeynim aviabazasida boʻlishi – bu Moskvaning Rossiyaning gʻarbiy chegaralari va uning milliy manfaatli hududidagi keng koʻlamli va igʻvoli AQSH va NATOning “Defender Europe 2021” mashgʻulotlariga mos javobi, javob zarbasi uchun alyansning tomonlari va urush orti tomonlari zaifligining jiddiy va ayon eslatilishi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni maʼlum qildi: “Oddiy boʻlmagan xalqaro vaziyat, ehtimoliy xatarlar va Rossiyaning harbiy xavfsizligiga tahdidlar, jumladan, bevostita chegaralarimiz yaqinidagi, Rossiya Qurolli kuchlaridan doimiy va yuqori jangovar shaylikni talab etadi”.
Shu kuni mutlaqo tasodifan boʻlmagan ravishda Suriyadagi Xmeynim Rossiyaga aziabazasiga ilk uchta geometriya bilan qanotlari oʻzgaradigan Tu-22M3 tovushdan tez uchadigan bombardimonchi raketa tashuvchi keltirilgani haqida maʼlum boʻldi.
Natsionalnыy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Kolumnistlar
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
Bu mashinaning Suriyada joylashtirilishi Rossiya Havo-kosmik kuchlarining dunyoning istalgan yerida samarali harakat qilishga shayligini namoyish etadi. Har bir raketa tashuvchi bortida 24 tonnaga jang aslahalari zaxirasini tashishga qodir. Tu-22M3 bilan qurollanish X-32, X-101 uzoq masofaga uchadigan qanotli raketalar, “Kinjal” gipertovushli raketalarni oʻz ichiga oladi. Rossiya Mudofaa vazirligi tasvirida 600 kmga masofaga uchadigan kemalarga qarshi qanotli tovushdan tez uchadigan raketalarni koʻrish mumkin. Bu esa Tu-22M3ning asosiy vazifasi dengizni nazorat qilishdan iborat ekanligi haqida taxmin qilish imkonini beradi.
Shu bilan birga, NATOning ikkita aviatashuvchi kema zarbalari guruhi hozirda Yevropa, Osiyo va Afrikani qamrab olgan “Defender Europe 2021” global mashgʻulotlari doirasida Suriya Arab Respublikasi sohillari yaqinida oʻz imkoniyatlarini namoyish etmoqchi. Queen Elizabeth aviatashuvchi rahbarligidagi Buyuk Britaniyaning Havo-kosmik kuchlari aviatashuvchi zarba guruhi ilk bor Oʻrta yer dengizining sharqiy qismlariga yoʻl olmoqda, u yerda Frantsiyaning “Charles de Gaulle” aviatashuvchisi bilan qoʻshma manyovrlar moʻljallangan.
Britaniya aviaqanoti tarkibida 30 dan ziyod palubali samolyot, jumladan, F-35 qiruvchilari mavjud. Suriyada uchta Tu-22M3 raketa tashuvchilarni joylashtirish bilan Rossiya “hamkorlarni” ortda qoldirdi va mintaqada erkin manyovrni chekladi.

Jiddiy qarshilik

HMS Queen Elizabeth birinchi yurishi oldidan Britaniya aviatashuvchi guruh komandiri Stiv Murxaus dedi: “Biz jang qilish va gʻalab qozonishga tayyormiz, jumladan, eng qiyin holatlarda”.
Balandparvoz gapirish haddan ziyod boʻlib koʻrinadi, Yaqin Sharqdagi terrorchilarning kema va samolyotlari yoʻq-ku axir, London esa Oʻrta yer dengizidagi biror bir davlatga urush eʼlon qilmagan.
Poletы ekipajey Tu-22M3 v temnoye vremya sutok v Murmanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2020
Video
Shafaq shuʼlasi va Tu-22M3 bombardimonchilari – video
Rossiya Mudofaa vazirligining kecha izohi oddiyroq va donoroq boʻlib koʻrinadi: “Uzoq masofaga uchuvchi bombardimonchilar ekipajlari Oʻrta yer dengizi ustidagi havo boʻshligʻidagi parvozlar chogʻida yangi joʻgʻrofik hududlarda oʻquv vazifalarini yaxshi oʻrganishning amaliy koʻnikmalariga ega boʻlishadi”.
Har holda texnologik qarama-qarshilikda amerikalik, britaniyalik va frantsiyalik “hamkorlarga” “murakkab vaziyatlar” kafolatlangan.
Rossiya bombardimonchi raketa tashuvchilari 26 may kuni Oʻrta yer dengi ustida havo maydonini patrul qilish vazifalarini bajarishga kirishdi. Qudratli Tu-22M3 larni baʼzan “aviatushuvchilarning” qotili deb atashadi. Zero bir mashinaning qurol-aslahasi kunning har qaysi payti va holatlarda ehtimoliy dushmanning aviatashuvchi zarba guruhini yoʻq qilish uchun yetarlidir. Shunday qilib, uchta samolyot Oʻrta yer dengizi yoʻnalishida Rossiya Havo-kosmik kuchlarining toʻliq ustunligini taʼminlaydi.
Gʻarb ekspertlari Rossiya bombardimonchilarining Oʻrta yer dengizi ustidagi faol parvozlari NATOni oʻz janubi himoyasiga koʻproq mablagʻ sarflashiga majbur qilishi mumkin deb hisoblashmoqda. Bu Rossiya xavfsizligiga foyda keltiradi. Pentagon va NATOning dunyoda universial boʻlgan, yuqori aniqlikdagi strategik qurol bilan hujum qilishga va quruqlik va dengizdagi nishonga olishga qodir Tu-22M3 ga qarshi samarali himoyasi yoʻq.
Haqiqatdan Suriyadagi Xmeynim aviabazasining modernizatsiyasi Rossiyaning Oʻrta yer dengizidagi harbiy siyosiy mavqeini ham kuchaytirdi. Aviabazada ikkinchi uchish-qoʻnig yoʻlagi rekonstruktsiyasi yakunlandi, u qoplamalari toʻliq almashtirildi. 3 km uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan va barcha turdagi, jumladan, Tu-160M va An-124 samolyotlarini qabul qilishga imkon beradi.
Forum Armiya-2020. Demonstratsionnыe poletы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Kolumnistlar
Rossiyaning yangi strategik raketa tashuvchisi qachon parvoz qiladi?
Ekspertlar Tu-22M3 joylashtirilishi atrofidagi voqealarni “mintaqadagi Rossiyaning muhim siyosiy va harbiy gʻalabasi sifatida” baholashmoqda. Xususan, “MilitaryWatch” yozadi: “Tu-22M3ning qimmatli aktiv sifatida joylashtirilishi Suriyadagi xavfsizli bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgani haqidagi ishonch oʻsayotganini aks etadi, zero bundan qimmatli samolyotlar front chizigʻiga yaqin bazalarda kamdan-kam joylashtiriladi”.

Jangovar radius

Tovushdan tez uchadigan koʻp rejimli Tu-22M3 raketa tashuvchilari alohida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan, dunyoda muqobili yoʻq. Tu-22M3 ning toʻliq jangovar harakatdagi jangovar radiusi, qoʻshimcha yoqilgʻi quyilmasdan, 2000 km atrofini tashkil etadi.
Shuning uchun Xmeynim aviabazasini oʻzlashtirish ehtimoliy dushmanning Rossiyaga va uning Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlarini siyosiy va harbiy strategik ushlab turishning jiddiy omilidir.
Samolyotlar Oʻrta yer dengizi uzra “suv ustidagi vaziyatni ochiqlash” vazifasi bilan uchadi va kemalar boʻyicha ekipajlar ishi yer ustidagi ish maqsadlaridan farqlanadi, bu juda foydali tajriba.
Tu-22M3 bortidagi raketa quroli uni ehtimoliy dushman uchun oʻta xavfli qiladi. Korpuslardagi boʻlimlarda oltita raketa joylashishi mumkin, yana toʻrtta qanot va fyuzelyajlar ostiga ilinadi. Shuningdek, samolyotni eng yuqori tuzatuvchi bombalar bilan qurollantirish koʻzda tutilgan. Tu-22M3M bombardimonchi dushanning aviatashuvchi zarba guruhini uning havo hujumidan mudofaa tizimining 700 kilometrli hududiga kirmasdan, yakson qilish qobiliyatiga ega. Stratosferadagi zarbani PRO Aegis vositalari bilan qaytarib boʻlmaydi.
Rossiyskiye Tu-22M3  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2019
Dunyoda
Rossiyaning yangi bombardimonchi samolyoti AQSH uchun “yoqimsiz syurpriz” boʻladi – ekspert
Rossiya qurol kuchi bilan “dunyoni boshqarishga” intilmayapti, Oʻrta yer dengizi mintaqasi qonuniy asosda boʻlib turibdi, qonuniy Suriya Arab Respublikasiga terrorchilik qoldiklarini bartaraf etishga koʻmaklashmoqda, ichki suriya siyosiy muloqotga yordam bermoqda. Hatto Xmeynim aviabazasidagi yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi arab respublikasining osuda kelajagiga sezilalarli qoʻshilgan hissadir. Fursati kelib bu yerda duyoning barcha mamlakatlaridan fuqarolik samolyotlari qoʻnishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala