Rossiya

Rossiya ishlanmasi antibiotiklardan foydalanishni sezilarli darajada kamaytiradi

© Unsplash / Julia KoblitzProvedeniye laboratornыx issledovaniy
Provedeniye laboratornыx issledovaniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
NITU "MISiS" olimlari antibiotiklarni infektsiya oʻchogʻiga aniq yetkazib berish uchun nanozarralarni yaratdilar.
Ularning fikriga koʻra, bunday nanomateriallardan foydalanish baʼzi hollarda antibiotik dozasini 6-7 baravar kamaytirishga imkon beradi va shu bilan organizmga ogʻirlikni ham, qoʻzgʻatuvchilarning dorilarga moslashish tezligini ham kamaytiradi. Natijalar American Chemical Society Applied Materials Interfaces jurnalida chop etilgan.
Olimlarning fikriga koʻra, antibiotiklardan foydalanish dunyo boʻylab oʻsib bormoqda, chunki aholi oʻrtasida kasallanish holatlarining oʻsishi, yangi infektsiyalar paydo boʻlishi va dori-darmonlarni tartibsiz isteʼmol qilishi kuzatilmoqda. Mutaxassislar taʼkidlashicha, antibiotiklardan doimiy foydalanish mikroblarda ularga nisbatan qarshilikni kuchaytiradi - bugungi kunda aksariyat anʼanaviy antibiotiklar koʻplab bakterial patogenlarga qarshi kuchsiz boʻlib qolmoqda.
Vaktsina Sputnik  V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Dunyoda
Qizil Xoch Rossiyadan “Sputnik V” vaktsinasini soʻradi
Ammo, yangi antibiotikni yaratish uchun 10-20 yillik izlanishlar va klinik sinovlar kerak boʻladi, dori-darmonlar bilan davolash, olimlarning taʼkidlashicha, hali ham infektsiyalarga qarshi kurashning asosiy usuli hisoblanadi.
Muammoni hal qilish usullaridan biri bu mikroblarga qarshi nanogibridlar boʻlib, ular patogenlarning bemorga nojoʻya taʼsir koʻrsatadigan dorilarga chidamliligini engishga yordam beradi. Bunday dorilarning asosiy afzalligi, olimlarning fikriga koʻra, antibiotik dozasining jiddiy pasayishi boʻlib, bu tanadagi yukni kamaytiradi va mikroblarda qarshilik rivojlanishini sekinlashtiradi.
Muammoni hal qilish usullaridan biri - bu mikroblarga qarshi nanogibridlar, ular patogenlarning bemorga nojoʻya taʼsir koʻrsatadigan dorilarga chidamliligini yengishga yordam beradi. Olimlarning fikriga koʻra, bunday preparatlarning asosiy afzalligi, antibiotik dozasining jiddiy pasayishi boʻlib, bu organizmga kuchli taʼsirni kamaytiradi va mikroblar rivojlanishini sekinlashtiradi.
Nayti kafe v Uzbekistane, gde zavarivayut listovoy chay – bolshaya udacha - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Jamiyat
Yurak uchun foydali ichimlik - olimlar tadqiqoti
Infektsiya oʻchogʻiga antibiotikni yetkazib berish uchun moʻljallangan nanozarrachalar NITU “MiSIS” olimlari V.I. Bax nomidagi Davlat amaliy mikrobiologiya vabiotexnologiya ilmiy markazi hamkasblari bilan birgalikda yaratishdi. Ularning fikriga koʻra, bor nitridi (h-BN) asosida yaratilgan yangi nanogibrid bakteriyalarni oʻldirish xususiyatini koʻrsatdi.
"100 nm oʻlchamdagi h-BN nanozarrachalar kimyoviy bug choʻktirish yoʻli bilan olinadi. Nanozarrachalarning boʻshliqlari antibiotiklar bilan toʻyinadi, preparat kiritilgandan soʻng toʻqqiz kun ichida organizmga asta-sekin kirib boradi”, - dedi tadqiqot mualliflaridan biri, “Noorganik nanomateriallar” laboratoriyasi muhandisi NITU “MISiS” Kristina Gudz.
Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, yangi nanogibridlar bakteriyalar va zamburugʻlar populyatsiyasini antibiotiklarga qaraganda ancha kam faol moddalar yordamida yoʻq qilishga qodir. Baʼzi hollarda bu farq 6-7 martaga yetadi. Masalan, E.Coli U-122 shtammiga nisbatan gentamitsinning minimal kontsentratsiyasi 256 mg/lni tashkil qiladi, xuddi shu 40 mg/l preparat bilan nanogibrid analog taʼsirga erishadi.
Hozirgi vaqtda tadqiqot guruhi yangi nanogibridlarni klinikadan oldin sinovdan oʻtkazishni davom etmoqda. Tadqiqot RSF № 20-19-00120 loyihasi doirasida olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala