Dunyoda

Yaqin besh yil ichida bir yil rekord darajada issiq boʻlishi kutilmoqda

© Depositphotos / vampy1Globalnoye potepleniye i izmeneniye klimata
Globalnoye potepleniye i izmeneniye klimata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, kelgusi besh yilda kamida bir yil rekord darajada issiq boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, kelgusi besh yilda kamida bir yil rekord darajada issiq boʻlishi mumkin, deb maʼlumot berdi Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO).
Tadqiqotga koʻra, "kuzatuvlarning butun tarixida 2021-2025 yillarda kamida bir yil 90 foiz ehtimollik bilan eng issiq boʻlishi mumkin" deyilgan BMT saytida.
Asteroid - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Dunyoda
Ikkita xavfli asteroid Yerga yaqinlashmoqda - ulardan biri Eyfel minorasi kattaligida
Eng issiq yilda harorat 2016 yil koʻrsatkichlaridan oshib ketadi. Taʼkidlanishicha, oʻrtacha yillik global harorat 1,5 daraja Tselsiyga koʻtariladi.
"Haroratning koʻtarilishi muzning koʻproq erishi, dengiz sathining koʻtarilishi, issiqning koʻpayishi va boshqa ekstremal ob-havo sharoitlarini anglatadi va oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga katta taʼsir koʻrsatadi", - deydi tashkilot bosh kotibi Petteri Taalasa.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala