Jamiyat

Aslida “Andijon muzqaymogʻi” brendi kimga tegishli?

© Sputnik / Maksim BlinovMorojenoye v stakanchike
Morojenoye v stakanchike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
“Andijon muzqaymogʻi” brend sifatida roʻyxatga olinadi.
TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Tez suratlarda halq orasida mashhur boʻlgan “Andijon muzqaymogʻi” Andijon viloyati, Andijon shahar, Industrial koʻchasi, 12 uyda istiqomat qiluvchi Madraximov Hikmatulloh Neʼmatullo oʻgʻliga tegishli. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi.
“Afsuski, soʻnggi paytlarda ushbu xalq ishonchiga kirgan, sevib isteʼmol qilinadigan mahsulotning ham kontrafakt nusxalari koʻpayib ketdi. Qayerga qaramang “uddaburon tadbirkorlar” tomonidan guyoki samolyot orqali Andijondan olib kelingan degan yolgʻon maʼlumot bilan “Andijon muzqaymogʻi” nomi ostida sifatsiz mahsulot sotilmoqda”, - deyilgan xabarda.
24 may kuni agentlikning Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi xodimlari tomonidan “Andijon muzqaymogʻi”ni ishlab chiqaruvchi egasi H.Madraximovning uyiga borilgan holda unga ishlab chiqarayotgan mahsulotiga tovar belgisini olishi lozimligi, oʻz brendini rasmiylashtirishi “Andijon muzqaymogʻi”ning umrini uzaytirishi, kontrafakt nusxalari taʼsirida asl mahsulotga ham ishonch yoʻqolishi, bozorining kasodga uchrashi ehtimolligi haqida batafsil tushuntirish berildi.
Morojenoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2020
Jamiyat
Kimlarga muzqaymoq isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi
Natijada H.Madraximov tomonidan “Andijon muzqaymogʻi” tovar belgisini brend sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun agentlikka talabnoma topshirildi. Taʼkidlanishicha, endilikda “Andijon muzqaymogʻi” ham Davlat muhofazasiga olinadi hamda agentlik va uning hududiy markazlari “Andijon muzqaymogʻi” brendining muhofaza qilinishini taʼminlaydi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala