Hodisalar

Daryoga kanalizatsiya suvlarini oqizgan fuqaro jarimaga tortildi

© Goskomturizma UzbekistanaGornaya reka v rayone poselka Gilan v Shaxrisabzskom rayone Kashkadarinskoy oblasti
Gornaya reka v rayone poselka Gilan v Shaxrisabzskom rayone Kashkadarinskoy oblasti  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga “Surxondaryo viloyatida oqar suvga kanalizatsiya suvlari oqizayotganligi aks etgan” videomurojaat kelib tushdi.
TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Oʻtgan haftada Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga “Surxondaryo viloyatida oqar suvga kanalizatsiya suvlari oqizayotganligi aks etgan” videomurojaat kelib tushdi. Ushbu material Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuborildi.
Denov tuman inspektsiyasi xodimlari oʻtkazgan tekshiruvga koʻra, 21 may kuni Denov tumanida “Namuna” mahallasida yashovchi fuqaro M.E tomonidan boshqaruvida boʻlgan maxsus transporti yordamida mahalla hudududa joylashgan jome masjididan chiqqan chiqindi suvlarni Denov tumandan oqib oʻtuvchi Sangardak daryosi qirgʻogʻiga joylashtirganligi aniqlandi.
Huquqbuzar M.E.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan baʼzaviy hisoblash miqdorining 4 baravar miqdorida jarimaga tortildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala