Mehnat migrantlarini Saudiya Arabistonida o‘qish va ishlash masalalari muhokama qilindi

© AVTMAgentstvo vneshney trudovoy migratsii provela peregovori s saudovskoy kompaniyey
Agentstvo vneshney trudovoy migratsii provela peregovori s saudovskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonining yirik kompaniyasi bilan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini o‘qitish va ishlatish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 28-may - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekistondagi MSaudiya Arabistoni elchixonasi hamda Saudiyaning “Engie Solutions KSA” kompaniyasi vakillari bilan videokonferensiya uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuvda Saudiya Arabistoni ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ishlash salohiyatini oshirish ishlarini olib borish yuzasidan fikr almashildi.
Undan tashqari O‘zbekiston fuqarolarini elektrotexnik, duradgor, mexanik, santexnik, konditsioner ustasi kabi mutaxassisliklar bo‘yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
© AVTMAgentstvo vneshney trudovoy migratsii provela peregovori s saudovskoy kompaniyey
Agentstvo vneshney trudovoy migratsii provela peregovori s saudovskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Agentstvo vneshney trudovoy migratsii provela peregovori s saudovskoy kompaniyey
Ma’lumot uchun, “Engie Solutions KSA” elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish, uzatish va yetkazib berish, shuningdek, muqobil energiya manbalari sohasida faoliyat yurituvchi yirik tashkilotdir. “Engie Solutions KSA” tashkiloti dunyo bo‘ylab 130 mingdan ortiq ishchilarga ega bo‘lgan va shtab-kvartirasi Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan “Engie Group” tashkilotining bir qismi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0