Migratsiya

Migrantlar uchun nimalar oʻzgaradi? RF IIV asosiy takliflari

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSituatsiya vozle Yedinogo migratsionnogo tsentra Moskovskoy oblasti
Situatsiya vozle Yedinogo migratsionnogo tsentra Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Rossiyada migrantlar yetishmasligi muammosi qanday hal etilmoqda? IIV migratsiya oqimini tartibga solish uchun qanday takliflarni tayyorladi - Sputnik Rossiya IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi Vladimir Volox bilan suhbatlashdi.
Pandemiya migrantlarning barcha toifalari Rossiya uchun muhimligini koʻrsatdi: ishchilar, talabalar, madaniyat arboblari. Ammo chet elliklarning oʻzlari uchun RF xavfsiz ishlash va yashash sharoitlari zarur.
Global lokdaundan keyin migratsiya oqimini qanday tiklash mumkin va qonunchilikka qanday oʻzgartirishlar taklif qilinmoqda - bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi millatlararo munosabatlar kengashi aʼzosi, Rossiya IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi, sobiq vazir oʻrinbosari va Federal migratsiya xizmati faxriy xodimi Vladimir Aleksandrovich Volox oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Chet elliklar uchun 3ta rejim - u qanday ishlaydi?

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya hisobini solishning yangi tartibini ishlab chiqdi, u Rossiyadagi chet elliklar uchun 3ta maqomni nazarda tutadi: qisqa muddatli (90 kungacha), uzoq muddatli (kalendar yil davomida 90 kundan boshlab, ammo doimiy yashash (PMJ) ruxsatnomasini rasmiylashtirmasdan) va Rossiya Federatsiyasida doimiy boʻlish.
Tsentr sodeystviya migrantam  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Migratsiya
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
"Asosiy fikr - Rossiyaga kelgan barcha chet el fuqarolarini hisobini unifikatsiyalashtirish. Agar birinchi toifaga, mehmonga yoki xizmat safari bilan kelganlar nazarda tutilgan mumkin boʻlsa, ikkinchisi mehnat migrantlariga koʻproq mos keladi, uchinchisi esa - talabalar, doimiy ishchilar yoki Rossiyada oilasi boʻlgan va kelajakda fuqaroligini olishni rejalashtirayotganlar toʻgʻri keladi. Hozircha takliflar muhokama qilinmoqda, ehtimol Davlat Dumasi deputatlari yoki jamoat tashkilotlaridan tuzatishlar kiritilishi mumkin", - deb tushuntirdi Vladimir Volox.

Tashkillashtirilgan tanlov haqida

Rossiya Oʻzbekiston va Tojikiston bilan tashkillashtirilgan tanlov asosiga ishga yollash boʻyicha bitimlar tuzdi. Bu mexanizm chet ellik ishchilarni firibgarlar va insofsiz ish beruvchilarining aldovlaridan himoya qilish uchun ishlab chiqildi. Biroq, yana bir muhim narsa paydo boʻladi – kelayotgan migrantlarning intizomi va qoidalarga rioya qilishi.
"Afsuski, shunday holatlar borki, ular kamdan-kam uchraydi, migrant “orgnabor”dan RF hududiga kirish uchun vosita sifatida foydalanadi, keyin esa darhol ish joyini oʻzgartirishga harakat qiladi. Albatta, bizda qullik yoʻq va har kim oʻzi ishlashni istagan joyini tanlash huquqiga ega, ammo mehmon shartnoma shartlariga rioya qilishi kerak: uni taklif qilgan, yoʻl va turar joy harajatlarini toʻlagan ish beruvchida kamida bir yil ishlab berish. Bu mantiqiy va adolatli yondashuv. Bu masalada, albatta, fuqarolar bilan ishlash zarur", - deya taʼkidladi ekspert.
Obucheniye detey migrantov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Migratsiya
Putin Rossiya maktablarida migrantlar farzandlarini tahsil olishi boʻyicha topshiriq berdi
Mamlakatlar, xususan, Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilishda juda yaxshi yordam berishmoqda: malaka oshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish va ish beruvchilar bilan uchrashuvlarni tashkil qilishda rossiyalik hamkasblar bilan yaqin aloqada boʻlishadi. Biroq, Rossiya ham bu masalada faol boʻlishi kerak, deydi Vladimir Volox.

Rossiyada migrantlar oʻrnini kimlar bosishi mumkin?

Koronavirus pandemiyasi barcha davlatlar iqtisodiyotiga oʻz tuzatishlarini kiritdi. Bu, ayniqsa, mehnat bozoriga zarba berdi: chegaralar yopilishi sababli sanoat korxonalari ishchilarsiz qoldi. Ekspertlarning fikriga koʻra, Rossiya Federatsiyasida uy-joy sektori, qurilish va qishloq xoʻjaligi sohalari eng koʻp ish kuchining yetishmasligi kuzatilmoqda.
Iqtisodiyotning ayrim sohalariga mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish haqida takliflar berilmoqda. Mutaxassisning fikriga koʻra, bu yondashuv global miqyosda u kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilmaydi.
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Migratsiya
Migrantlarni mahkumlar bilan almashtirish mumkin emas - Volodin
“Birinchidan, raqamlarni taqqoslab boʻlmaydi. FSIN 2,5 million ketgan migrantlarni qamoqxonalarda jazo oʻtayotgan atigi 180 ming kishini ish bilan taʼminlashga tayyor. Bu dengizdan bir tomchi boʻladi. Ikkinchidan, ushbu yondashuvni amalga oshirish uchun katta moliyaviy va tashkiliy xarajatlar talab etiladi - infratuzilma, ish joylari, bunday ishchilarni hisobini yuritish organlari, moliyalashtirish. Uchinchidan, aholi va ishchilarning xavfsizligi masalalari. Bu yerda barcha holatlarni hisobga olish juda muhimdir”, - deydi Volox.
Pilot loyiha sifatida ekspert bunday kam sonli ishchi guruhlarini tashkil qilish -mamlakat boʻylab atigi 3-5 ming kishi, bu qanchalik samarali ekanligini tahlil qilgandan soʻng keng miqyosda qoʻllash masalasini koʻrib chiqishni taklif qildi.
Rossiyada mehnat migratsiyasi sohasidagi taklif qilinayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida batafsil - Sputnik Oʻzbekiston videointervyusida tanishingiz mumkin.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala