“Ohangaronsement” kiprlik investorga sotildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredpriyatie Axangaransement
Predpriyatie Axangaransement - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Obuna bo‘lish
Kiprlik investor - Lamanka Enterprises Limited “Ohangaronsement” aksiyalarini 557,68 milliar so‘m evaziga (53 mln dollar) sotib olgani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 28-may – Sputnik. O‘zbekistonda eng yirik sement zavodlaridan biri bo‘lgan “Ohangaronsement” aksiyalarining nazorat paketini mart oyning boshida Respublika Fond birjasiga sotuvga chiqarilgan edi.

Korxonaning sobiq egasi Eurocement Holding AG “Ohangaronsement”ning 84,19% aksiyalari 40,8 milliona dollar evaziga sotuvga qo‘ygan edi. Savdola yakunida Kiprlik investor - Lamanka Enterprises Limited korxona aksiyalarini 557,68 milliar so‘m evaziga (53 mln dollar) sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

“Ohangaronsement” 1961-yilda tashkil qilingan bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha u Respublikada ikkinsi sement zavodi hisoblanadi. Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,9 mln tonnani tashkil qiladi. Korxonada sement “ho‘l” uslubda ishlab chiqariladi.
Eurocement Holding AG “Ohangaronsement”ni 2006-yilda sotib olgan edi. 2017-yilning noyabr oyida "Yevrotsement grup" va "O‘zqkurilishmatkeriallari” AJ yillik quvvati 3 million tonna bo‘lgan, “quruq” uslubda sement ishlab chiqarish korxonasi to‘g‘risida shartnoma imzolashdi. Korxona quruvchisi etib Xitoyning Beijing Triumph International Engineering So tanlandi. Shartnoma miqdori 160 million dollar. Yangi sement va beton konstruksiyalar zavodi 2021-yil boshida ishga tushirilgan edi.
Sementning "ho‘l" va "quruq" ishlab chiqarish uslublarining farqi nimada?
"Ho‘l" uslub - bir necha bosqichli jarayon bo‘lib, yuqori energiya miqdori talab qiladi, lekin kamroq chang chiqadi.
"Quruq" uslubda - bosqichlar soni kamroq, kam miqdorda energiya sarflanadi, lekin zamonaviy va murakkab uskunalar talab etiladi. Ekologik jihatdan - xavfliroq. Tabiatga zarar yetkazmaslik uchun qimmat filtrlar o‘rnatish va ularni doimiy yangilab turish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0