Iqtisod

Oʻzbekiston davlat qarzi miqdori kamaydi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы: dollarы SSHA
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Moliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi”ni tayyorladi.
TOSHKENT, 28 may — Sputnik. 2021 yil 1 aprel holatiga davlat qarzi 23,2 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 133,7 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,3 foizga kamaydi. Bu raqamlar Oʻzbekiston Moliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi”da keltirilgan.
Pervыy zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Davlat qarzi qayerdan kelib qayerga ketmoqda - moliya vaziri maʼlumoti
“davlat tashqi qarzi 21,0 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 36,3 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 73,6 mln.dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,2 foizga kamaydi;
davlat ichki qarzi 2,2 mlrd.dollarni yoki YAIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 60,1 mln.dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,1 foizga kamaydi”, - deyilgan hisobotda.
Davlat qarzining kamayishi asosiy qarz toʻlovlarining amalga oshirilishi hamda davlat qarz portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar bilan izohlanadi. Masalan, yanvar-mart oylarida Yaponiya iyenasi AQSH dollariga nisbatan 6,1 foizga qadrsizlangan. Oʻzbekiston davlat tashqi qarzlari portfelida esa Yaponiya milliy valyutasining ulushi 11 foizni tashkil etadi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala