Dunyoda

Rossiya Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlarni nega qabul qilmayotganini tushuntirib berdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishSamolet Boeing 757-200 aviakompanii Royal Flight
Samolet Boeing 757-200 aviakompanii Royal Flight  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlar Rossiyaga turli nuqtalardan kirishni soʻramoqda. Shu sababli ham texnik muammolar sodir boʻlmoqda.
TOSHKENT, 28 may – Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya nima sababdan Belarus havo hududini aylanib oʻtayotgan samolyotlarni qabul qilmayotganini tushuntirib berdi.
Prezident matbuot kotibi soʻzlariga koʻra ushbu holat faqat texnik sabablar tufayli sodir boʻlmoqda va aviatsiya sohasi vakillari bunga tegishli izoh berishadi.
“Samolyot mamlakat hududiga istalgan joydan kirib istalgan joyidan chiqib ketishi mumkin emas. Belgilangan kirish va chiqish nuqtalari, harakatlanish eshelonlari bor. Ushbu yoʻnalishda koʻp soni samolyotlar harakatlangani tufayli bu yerda gap birinchi navbatda aviatsion xavfisizlik haqida ketmoqda”, - dedi Peskov.
Hozir boʻlsa Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlar mutlar turlicha nuqtalardan kirishni soʻramoqda. Ular esa kelishilmagan, shu sababli ham texnik muammolar sodir boʻlmoqda.
“Ayni damda Rossiya aviatsiya organlari ushbu yoʻnalishda faol ishlamoqda. Vaziyat oʻta noodatiy. Albatta biz bunday boʻlishini xoxlamagan edik”, - dedi Rossiya prezidenti kotibi.
Eslatib oʻtamiz, Belarusda RYANAIR yoʻlovchi samolyoti bilan boʻlgan voqeadan soʻng, YEI rahbariyati aviakompaniyalarga Belarus osmonidan parvoz qilishni taʼqiqlab qoʻygan edi. Oʻz navbatida Polsha ham Belarus samolyotlarini oʻz osmonodan oʻtkazib yuborishdan bosh tortdi. Shundan soʻng YEI samolyotlari Belarusni aylanib uchishga majbur boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala