Jamiyat

Oʻzbekistonda Rossiya tibbiy oliygohining filiali ochilishi mumkin

© MinZdrav UzbekistanaDelegatsiya Rossiyskogo Minzdrava priyexala v Uzbekistan
Delegatsiya Rossiyskogo Minzdrava priyexala v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi delegatsiyasining tashrifi yakunida Oʻzbekiston Rossiya tibbiy oliygohi filialini ochish boʻyicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 28 may – Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko boshchiligidagi tibbiyot delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda SSV.
Tashrif doirasida qator yuqori darajali uchrashuvlar, yetakchi tibbiy muassalarga tashriflar hamda Toshkentda N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti filialining ochilishiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini koʻzdan kechirish maqsadida Chilonzor tibbiyot kollejiga ham tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari boʻyicha N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti bilan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasida shartnoma imzolanishi koʻzda tutilmoqda.
Delegatsiya tarkibiga Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari, shuningdek, akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantologiya va sunʼiy organlar milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sergey Gotye va N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti rektori Sergey Lukyanov kabi yuqori darajadagi mutaxassislar kiradi.
Oʻzbekiston va Rossiyaning tibbiyot sohasidagi hamkorligi koʻplab hukumatlararo, idoralararo va korporativ hujjatlar toʻplami, minglab aloqa rishtalari bilan belgilanadi. Ana shunday kelishuvlardan eng soʻnggisi – 2021 yilning mart oyida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayevning Rossiyaga tashrifi vaqtida imzolangan Transplantatsiya sohasidagi kelishuvdir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala