Hodisalar

Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga boʻlib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga boʻlib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi holat yuzasidan bergan maʼlumotga koʻra, 24 may kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismiga "Xovos—Toshkent" yoʻnalishidagi yoʻlovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yoʻlining 2-kilometri 6-piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi nomaʼlum ayol kishini urib yuborgani haqida xabar kelib tushdi.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Hodisalar
“Ojiza ayolning nomusiga tegdi”: Surxondaryo viloyati IIB video yuzasidan maʼlumot berdi
Tezkor surishtiruv ishlari natijasida ayol 1999 yilda tugʻilgan, Xovos tumani “Gulbahor” MFYda yashagan T.SH. ekanligi va oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlandi.
Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Xovos transport prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala