Kolumnistlar

Pentagon F-35A samolyoti va MQ-9 uchuvchisiz apparatidan nega voz kechmoqda

CC BY 2.0 / Forsvarsdepartementet / Testflyging av første norske F-35Istrebitel-bombardirovщik pyatogo pokoleniya F-35
Istrebitel-bombardirovщik pyatogo pokoleniya F-35 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
AQShning ushbu eng yangi oʻta qimmat samolyoti va uchar apparatlari intensiv jang maydonida, texnik rivojlangan raqib bilan kurashda - foydasiz deb tan olindi.
Rossiya va Xitoyning yuqori texnologiyalari qurollarini tahlil qilganidan soʻng Pentagon oʻzining “eng yangi” koʻp maqsadli F-35A qiruvchi samolyotlarini hamda razvedka-jangovar MQ-9 Reaper – uchuvchisiz apparatlarini utilizatsiya qilishga qaror qildi. Chunki intensiv janglarda ular keraksiz ekani maʼlum boʻldi.
Beshinchi avlod qiruvchi samolyoti - F-35ning taqdiri borasida AQShda hali ham diskussiya toʻxtagani yoʻq. Bir necha kun oldin AQSH Havo-harbiy kuchlari (HHK) ushbu loyiha muvaffaqiyatsiz boʻlib chiqqanini tan olishgan va “F-35 ommaviy ishlab chiqarishi yoʻlga qoʻyilgan har qanday maʼnoda qimmat prototipligicha qoldi” degan xulosaga kelishgan edi.
Koʻrinmas qiruvchi samolyot F-35Aning dastlabki modifikatsiyasi texnik rivojlangan raqib bilan kurashda foydasiz deb tan olingan va yaqin kelajakda armiya safidan chiqarilib metallomga yuborilishi mumkin deb tan olingan edi.
Razvedkachi-jangovar dron Reaper MQ-9 esa – nafaqat Rossiya balkim Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya havo mudofaa tizimidan oʻta olmagani uchun AQSH HHK qora roʻyxatiga tushgan. Reaper uchuvchisiz apparatining yaqin jangga qodir emasligi tan olinganidan soʻng Pentagon HHK tarkibida ularning sonini oshirishdan voz kechdi. Bugungi kunda ularning soni 300ga yaqin. Kaliforniya shtatidaga General Atomics korxonasining ushbu apparatlarni ishlab chiqaruvchi liniyasini yopishni soʻramoqda.
Shtab boshliqlarning birlashgan qoʻmitasi raisi Mark Milli bayonotiga koʻra, raqib himoya chizigʻini kesib oʻtishi mumkin boʻlgan jagovar platformalarga investitsiya kiritishni taklif qildi. Eslatib oʻtamiz, bugungi AQSH armiyasining havo floti – dunyod eng eski flotlardan biri. AQSH HHK tarkibidagi samolyotning oʻrtacha yoshi – 28 yildan ortiq. Bu ham hali hammasi emas. Amerikaning beshinchi avlod F-22 qiruvchilarini 2030 yilda roʻyxatdan chiqarish boshlanadi.
Pilot F-35 vo vremya podgotovki k vzletu v Saut-Berlingtone, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2020
Kolumnistlar
F-35 modernizatsiyasi - toʻkilgan obroʻ oqibati
Havo harbiy kuchlar rahbariyati bir necha yildan buyon eskirgan tizimlardan voz kechishni talab qilmoqda va 2022 yil byudjetini tasdiqlash vaqtida ular Kongressga 2026 yilga qadar eskirgan 421 dona qiruvchilarni utilizatsiya qilish haqida soʻrovnoma bilan chiqmoqchi. Ularning oʻrniga 304 dona yangi Next-Generation Air Dominance (NGAD) samolyotlari hamda 2030 yilga qadar koʻp maqsadli MR-X samolyotlari xarid qilishni taklif qilmoqchi
Tahdidlardan ortda qolmaslik uchun AQSH HHK yiliga 6-7 milliard talab qilmoqda.Oq uy xabar qilishiga koʻra, navbatdagi mo liya yilida Petagon rejalashtirilgan 753 millard dollardan 717 milliardini oladi. Bu 2021 yilga nisbatan 10 millardga koʻp. Harbiy xarajatlar oshayotgan boʻlsada, texnologiyalar ortda qolmoqda.

“Koʻrinmaslar” utilizatsiyasi

F-35 Lightning II samolyoti konstruktorlari eng boshidan uni effektli va qimmat, lekin yaxshi tekshirilmagan texnologiyalar asosida yasashgan edi. Ushbu samolyotlarning har biriga ulkan mablagʻ - 100 million dollar sarflangan boʻlsada, bugungi kunda ular faqat muammo tugʻdirmoqda:
- samolyot, 5 avlod uchun odatiy boʻlgan, tovush tezligidan yuqori kreyser tezligida forsajsiz harakatlana olmaydi. Forsaj rejimida esa samolyot titilib keta boshlaydi;
- F-35ning 870ta jiddiy kamchiliklari bor, ulardan 10tasi kritik ahamiyatga ega boʻlib ular uchuvchi oʻlimiga va samolyotni yoʻqotishga olib kelishi mumkin;
- zamonaviy xavf va havo himoya tizimlariga samarali qarshi tura olmaydi;
- avtomatik ravishda ehtiyot qismlar yetkazi berish tizimi yaxshi ishlamaydi va samolyot parkini jangovar shay holatda ushlab turish qiyin; (odatiy ALIS tizimi ishlamaydi)
Istrebitel-bombardirovщik F-35. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Kolumnistlar
Sharmandali oʻq uzish: amerikaning F-35 qiruvchisi oʻzini pushkadan otib qoʻydi
Hayratlanarlisi shundaki, uchish-qoʻnishi standart boʻlgan F-35Aning eng sodda birinchi modifikatsiyalari jangovar qobiliyati eng past va eng qimmat. Ular uchun aslahalar ham eng qimmat. Eslatib oʻtaman, F-35B – uchish yoʻlagi qisqartirilgan, F-35C – vertikal uchish qobiliyatiga ega boʻlgan modifikatsiyalardir. Ayni damda F-35A – asosan uchuvchilarni oʻrgatish uchun foydalanilmoqda.
Rossiya boʻlsa eng yangi “Nebo-M” radio lokatsion stantsiyalarini ishga tushirdi. Ular F-22 va-35 beshinchi avlod samolyotlarini 600 km uzoqlikda koʻrish qobiliyatiga ega. S-400 “Triumf” zenit raketa tizimlari ham barcha koʻrinmas obʼyektlarni ana shunday uzoqlikda koʻrishi mumkin va raketlarani start nuqtasidan 400 km masofada yoʻq qilishi mumkin. Buguni kunda Rossiya S-400ni dunyoning turli nuqtalariga yetkazib bermoqda va jangovar sharoitlarda AQShning texnologik qoloqligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi shundoq ham tushunarli.
Pentagon Lightning II qiruvchilari muammolarini hal qilishning turli variantlarini izlamoqda, jumladan 35A - birinchi modifikatsiyalarini ittifoqchilarga berish yoki qurolli kuchlar safidan chiqarib metallomga topshirish variantini ham. NATOning Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilari Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan MiG-29 (Bolgariya, Polsha), MiG-21 (Rumыniya) samolyotlaridan foydalanmoqda va bosqichma-bosqich ularni foydalanishda boʻlgan F-16 samolyotlariga almashtirmoqda. Biorz oldin Polsha AQShdan 4,6 milliard dollarga 32 ta F-35A samolyotlarini sotib olish haqida shartnoma imzolagan edi. Lekin ushbu pulga foydalanishda boʻlgan “koʻrinmaslardan” ikki-uch baravar koʻp sotib olsa boʻladi.

Platformasi ideal emas

AQSH HHK MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlarini sotib olishdan voz kechmoqda. Pentagon Markaziy qoʻmondonligining Yaqin Sharqdagi operatsiyalari kuratori, dengiz piyodalari generali Kennet Makenzi MQ-9 – yuqori darajada tayyordangan raqibga qarshi foydasiz deb atadi. HHK 2030 yillarga kelib MQ-9ni mutlaы almashtirish niyatida. Uning oʻrniga keng jangovar imkoniyatlarga ega boʻlgan jangovar dron keladi. Ularni ishlab chiqaruvchi General Atomics xulosasiga koʻra, MQ-9 keng imkoniyatlarga ega va undan voz kechishga hali erta deb hisoblaydi. Uning xulosaliga koʻra “Ushbu apparat eksperimentlar uchun ideal platforma”
Razvedkachi jangovar dron MQ-9 Reaper AQSH armiyasiga 2007 yilda jangovar dron Predator oʻrniga qabul qilingan edi. 2009 yildan boshlab Al-Qoidaning Erondagi, Pokiston va Yamandagi obʼyektlariga zarba berib kelgan. Uchuvchisiz apparatning asosiy quroli AGM-114 Hellfire raketalari, GBU-38 va GBU-12 bombalaridir.
Kelajakda ularni AIM-92 Stinger raketalari bilan jihozlash rejalashtirilgan. 2020 yilning yanvarida Bogʻdod yaqinida general Qosim Sulaymoni qanday snaryad bilan oʻldirilgani maʼlum emas, lekin oʻshanda aynan ana shu uchuvchisiz apparatdan foydalanilgan edi.
Strategicheskiy razvedыvatelnыy bespilotnыy letatelnыy apparat VVS SSHA RQ-4 Global Hawk    - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2019
Dunyoda
AQSH uchuvchisiz samolyoti Donbassda razvedka olib bordi
Amerikaning MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlari 2021 yilning bahoridan boshlab Rumыniyada joylashtirilgan edi. Maqsad – razvedka va kuzatuv. Lekin MQ-9 Reaperning asosiy vazifasi – turli qoʻzgʻolonchilar va jihodchilar biln kurash. Chunki ularda hech qanday havo mudofaa tizimi yoʻq.
Amerika uchuvchisiz apparati Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya kabi havo mudofaa tizimiga ega boʻlgan raqibga qarshi kurashishga qodir emas.
Military Watch xabariga koʻra, Xitoy dunyoda birinchi boʻlib tovush tezligidan tez ucha oladigan apparatlarni ishlab chiqa boshlagan. Rossiyanin sunʼiy ongga ega boʻlgan zarba beruvchi ogʻir uchuvchisz apparati – “Oxotnik” ham ishonch bilan jangovar shay boʻlmoqda. Uni 2024 yildan boshlab qurolli kuchlarni yetkazib berish boshlanadi. Gʻarbda “Ovchi”yirik masshtabli jangovar harakatlar, beshinchi avlod qiruvchilarini hamda raqibning yerdagi himoyalangan obʼyektlarini yoʻq qilish uchun moʻljallanganini darhol payqashdi. Payqash qiyin boʻlgan, boqaruv vektoriga ega reaktiv dvigatelli uchuvchisiz apparat soatig 1000 kilometrgacha tezlasha oladi. Uning bortiga 6 tonnagacha jangovar yuklama ortilishi mumkin. Ovchi raqibning kuchli havo himoyasi ostida ishlashi mumkin. Pentagonda hozir bunga oʻxshash qurol yoʻq. AQShning X-47B VMS zarba beruvchi uchuvchisiz apparati loyihasi oʻn yilda “uchar tanker” darajasigacha degradatsiya qildi.
AQSH havo harbiy kuchlari 2020 yil iyunida aerokosmik sohadannavbatdagi avlod zarba beruvchi uchuvchisiz apparati haqida soʻrashdi. Unda avtonomlik, sunʼiy ong va mashina oʻrganish xususiyatlari boʻlishi kerak. Reaperni almashtirish 2031 yildan keyin boʻladi. 70 dona modernizatsiya qilingan MQ-9 uchuvchisiz apparatlar esa – hech narsa hal qilmaydi. Amerikaliklar oʻzlari uchun noodatiy boʻlgan mudofaa sohasida texnik protsessni “quvlab ketayotganlar” rolida boʻlib qolishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala