Jamiyat

Senat Oʻzbekiston fuqaroligini olishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishTsentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Tsentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Endilikda Oʻzbekistonda oʻn besh yil doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmaydi
TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Senatning oʻn beshinchi yalpi majlisida "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonun muhokama qilindi.
Oʻzbekiston prezidenti 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston hududida 15 yil davomida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turib yashab kelayotgan shaxslarni Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisida taklif bergan edi.
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2021
Oʻzbekiston IIV ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslar borasida qoʻshimcha izoh berdi
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligidagi oʻzgartirishlar uni mukammallashtirish va soddalashtirishga, shuningdek, fuqarolikka doir shaxslarning huquq va erkinliklarini huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Shu bilan bir qatorda, milliy fuqarolik qonunchiligini rivojlanishi va doimiy ravishda takomillashib borishi zarurligi, mamlakatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda roʻy berayotgan islohotlar ekanligini taʼkidlab oʻtish zarur.
Bugungi kunda fuqarolik sohasida olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan Respublikada fuqaroligi boʻlmagan shaxslarda fuqarolikni olishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelmoqda edilar.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2020
Siyosat
Oʻzbekistonda 15 yil muqim yashaganlarga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik beriladi
Endi mazkur Qonun bilan qiyinchiliklar bartaraf etilmoqda.
Mazkur hujjat 2021 yil Davlat dasturi ijrosiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Qonunning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
Xususan, 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va muqaddam chet davlat fuqaroligiga ega boʻlmagan shaxslarni, shuningdek, oʻn besh yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroligi boʻlmagan shaxs moqomida yashab kelayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish mexanizmlari yaratiladi.
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2020
Rasman: 1995 yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
Taʼkidlab oʻtish joizki, fuqarolikni tan olish instituti mutloqo yangi institut boʻlib, MDHga aʼzo davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilmagan, bir soʻz bilan aytadigan boʻlsak, mamlakatimiz hududida oʻn besh yil davomida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishni, qonuniy asoslarga muvofiq, toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik olishni huquqiy asoslari yaratiladi va oʻn besh yil doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmaydi.
Natijada, yuridik faktni sud tartibida tasdiqlash orqali, fuqarolik masalalari boʻyicha shikoyat qiluvchi shaxslarning eʼtirozlari kamayadi;
fuqarosizlikni qisqartirishni aniq amalga oshirish asnosida Oʻzbekiston Respublikasining halqaro imidji yanada mustahkamlanadi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala