Iqtisod

Senat "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida"gi qonunni maʼqulladi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishZolotыe bankovskiye slitki
Zolotыe bankovskiye slitki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Qonun avvalo mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Oliy Majlis Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisida senatorlar "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqib, maʼqulladilar.
Qonun avvalo mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Zoloto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2019
Jamiyat
Qimmatbaho metall qazib olish uchun litsenziya berish tartibi tasdiqlandi
Qolaversa, ushbu hujjat zargarlik buyumlari asillik darajasini belgilash va tamgʻalash tizimini, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish tartib-taomillarini davlat-xususiy sheriklik mexanizmini qoʻllagan holda takomillashtirishga ham yoʻnaltirilgan.
Qonunda qabul qilinishi qimmatbaho metallar va toshlar muomalasi sohasidagi davlat organlari, boshqa ishtirokchilarning vakolatlari va javobgarlik sohasini aniq belgilanishi tarmoqqa investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, raqobat muhitini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratadi.
Krupneyshiy rozovыy brilliant, izvestnыy kak Unikalnыy rozovыy (Unique Pink) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Iqtisod
Endi zargarlik buyumlarini elektron tijorat orqali sotish mumkin
Xususan, Qonunga binoan ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yoki 50 foizdan kam davlat ulishi boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlariga qimmatbaho metallar va toshlarni sarflash, hisobga olish va saqlash tartibini mustaqil belgilash huquqi berilmoqda.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash masalalari ham qonunda batafsil oʻz ifodasini topgan.
Qonunni ishlab chiqishda Belorusiya, Hindiston, Kanada, Qozogʻiston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Italiya va Turkiya hamda Vena konventsiyasini ratifikatsiya qilgan 19 ta davlatning ilgʻor tajribasi oʻrganib chiqilgan.
Shuningdek Qonun xususiy sektorning qimmatbaho metallar aylanmasida oʻz faoliyatini ochiq, shaffof olib borishiga imkoniyat yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala