Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya SSV rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Prezident Mirziyoyev bugungi xavf-xatarlarlar ilgʻor xalqaro tajriba asosida samarali sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish naqadar muhim ekanini yana bir bor koʻrsatganini alohida taʼkidladi. Pandemiyaga qarshi kurashishda koʻrsatilgan koʻmak, shu jumladan aholini emlashda amalga oshirilayotgan samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.
Ustuvor yoʻnalishlarda, shu jumladan onkologiya, gematologiya, virusologiya, nefrologiya, transplantologiya, farmakologiya va boshqa sohalardagi qoʻshma dastur va aniq loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. “Elektron sogʻliqni saqlash” tizimini joriy qilish va telemeditsinani keng rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash borasidagi yaqin sheriklikni davom ettirish, jumladan, Toshkent shahrida Rossiyaning yetakchi N.I.Pirogov nomidagi tibbiyot universiteti filialining faoliyatini tez fursatda tashkil etish, shuningdek, Rossiyaning yetakchi klinikalari negizida vrachlar almashish va ularning malakasini oshirish dasturlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakatda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Rossiya oʻzbekistonlik sheriklar bilan sogʻliqni saqlash sohasidagi keng koʻlamli tizimli hamkorlikni rivojlantirish hamda tibbiyotning turli sohalarida zamonaviy bilimlar va ilgʻor tajriba bilan boʻlishishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala