Jamiyat

Toshkent va Moskva "Sputnik V" Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga kelishdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishNovыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19 v TTS "Troyka"
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
RF Sogʻliqni saqlash vazirining aniqlik kiritishicha, Rossiya vaktsinasini ishlab chiqarish uchun maydon aniqlashtirib olingan.
TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya "Sputnik V" vaktsinasini respublikada ishlab chiqarishga kelishib oldi. Preparatni ishlab chiqarish uchun maydon tanlab olingan, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin va Oʻzbekiston prezidenti bergan topshirigʻi doirasida "Sputnik V"ni (respublikada) ishlab chiqarishga kelishib oldik

Mixail Murashko, Rossiya Federatsiyasi sogʻliqni saqlash vaziri

Eslatib oʻtamiz, Rossiya vaktsinasining birinchi partiyasi Oʻzbekistonga 23 aprel kuni yetkazib berilgan edi. "Sputnik V"ning ikkinchi komponenti (50 ming doza) Toshkentga 27 aprel kuni olib kelingan. Ushbu preparat bilan poytaxtda vaktsinalash ishlari 28 apreldan start olgan edi. Birinchi navbatda yoshi 65 dan yuqori boʻlgan insonlar ushbu preparat bilan emlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala