Hodisalar

Xorazmda soʻnggi qoʻngʻiroq arafasida 6 nafar 11-sinf oʻquvchisini mashina urib yubordi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVыstavka "Innoprom" v Tashkente
Vыstavka Innoprom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Jabrdiydalarning uch nafari hodisa sodir boʻlgan joyning oʻzida, yana bir nafari shifoxonada vafot etgan
TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Xorazmda "Neksiya" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida mudhish yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, toʻrt kishi YTH qurboniga aylandi. Bu haqda "Xorazm" telekanalining "Jinoyat va adolat" koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
V DTP v Angrene s uchastiyem gruzovika MAN i semi legkovыx avtomobiley skonchalis pyat chelovek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Hodisalar
Angrendagi ayanchli YTH tafsilotlari ochiqlandi
Xabarda aytilishicha, Yangiariq tumani "Achchiquyi" mahallasida yashovchi 1982 yilda tugʻilgan shaxs 24 may kuni kechga tomon "Neksiya-2" avtomobilini boshqarib ketayotib Yangiariq—Xonqa yoʻlining 14-kilometrida yoʻl chetidagi tumandagi maktablarning birida tahsil oluvchi 6 nafar 11-sinf bitiruvchilarini urib yuborgan.
Avtomobilning oʻzi esa yoʻl yoqasidagi ariqqa agʻdarilib tushgan.
Avariya oqibatida jabrlanuvchilarning 3 nafari voqea joyida, yana bir nafari esa shifoxonada olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar oʻquvchi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala