Hodisalar

Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi

Spidometr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Oʻquvchilar 5 ta “Lasetti” va 1 ta “Neksiya-3” avtomobilida turli xavfli harakatlarni amalga oshirishgan.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda “Kim bu erkatoylar?” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Videoda bir guruh shaxslar haydovchilarning yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi harakat qilishganini koʻrish mumkin. Mashina yoʻlovchilarining ayrimlari boshlarini oynada chiqarib olishgan. Mashinani haydayotganlar esa turli xavfli burilishlarni amalga oshirishgan.
Aniqlik kiritilishicha, hodisa 25 may kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi "Yuqori" MFY hududida sodir boʻlgan. Shu yerda xizmat olib borgan YPX xodimi O.O. jami 5 ta “Lasetti” va 1 ta “Neksiya-3” rusumli avtomobillarni toʻxtatgan.
Avtomobillar haydovchilariga nisbatan qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashinalar esa jarima maydoniga joylashtirilgan.
© YHXBB axborot xizmatiAndijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi - Sputnik Oʻzbekiston
1/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
© YHXBB axborot xizmatiAndijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi - Sputnik Oʻzbekiston
2/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
1/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
2/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
Shundan soʻng qoidabuzarlik sodir etgan 11-sinf bitiruvchilarining ota-onalari, maktab direktori va sinf rahbarlari oʻrtasida muhokama oʻtkazilib, tegishli choralar belgilangan.
YHXBB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, ota-onalardan haydovchilik guvohnomasi olmagan farzandlariga avtotransport vositasini boshqarishiga ruxsat bermasliklarini soʻrab qolgan.
Vыstavka Innoprom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Hodisalar
Xorazmda soʻnggi qoʻngʻiroq arafasida 6 nafar 11-sinf oʻquvchisini mashina urib yubordi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala