Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi

Spidometr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘quvchilar 5 ta “Lasetti” va 1 ta “Neksiya-3” avtomobilida turli xavfli harakatlarni amalga oshirishgan.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda “Kim bu erkatoylar?” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Videoda bir guruh shaxslar haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi harakat qilishganini ko‘rish mumkin. Mashina yo‘lovchilarining ayrimlari boshlarini oynada chiqarib olishgan. Mashinani haydayotganlar esa turli xavfli burilishlarni amalga oshirishgan.
Aniqlik kiritilishicha, hodisa 25-may kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi "Yuqori" MFY hududida sodir bo‘lgan. Shu yerda xizmat olib borgan YPX xodimi O.O. jami 5 ta “Lasetti” va 1 ta “Neksiya-3” rusumli avtomobillarni to‘xtatgan.
Avtomobillar haydovchilariga nisbatan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashinalar esa jarima maydoniga joylashtirilgan.
© YHXBB axborot xizmatiAndijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi - Sputnik O‘zbekiston
1/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
© YHXBB axborot xizmatiAndijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
1/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
2/2
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
Shundan so‘ng qoidabuzarlik sodir etgan 11-sinf bitiruvchilarining ota-onalari, maktab direktori va sinf rahbarlari o‘rtasida muhokama o‘tkazilib, tegishli choralar belgilangan.
YHXBB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, ota-onalardan haydovchilik guvohnomasi olmagan farzandlariga avtotransport vositasini boshqarishiga ruxsat bermasliklarini so‘rab qolgan.
Vistavka Innoprom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2021
Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 6 nafar 11-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi
Yangiliklar lentasi
0