Dunyoda

Bavariya bosh vaziri “Sputnik V”ni maʼqullashni tezlashtirishga chaqirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr germanskoy federalnoy zemli Bavariya Markus Zyoder
Premyer-ministr germanskoy federalnoy zemli Bavariya Markus Zyoder - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Siyosatchining soʻzlariga koʻra, bu jarayonni gʻoyaviy sabablarga paysalga solish yaramaydi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi “Sputnik V”ning sertifikatlash jarayonini tezlashtirishi lozim. Bu haqda german federal yeri Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder maʼlum qildi, deb yozadi “Bild am Sonntag” gazetasi.
“Emlash surʼatlarini susaytirmaslik kerak. Avvalo, “Sputnik V” atrofidagi jarayonni (YEIda roʻyxatga olish) tezlashtirmoq zarur”, - dedi siyosatchi. Uning soʻzlariga koʻra, bu jarayonni gʻoyaviy sabablarga paysalga solish kerak emas.
Rossiya vaktsinasi YEMA tomonidan maʼqullansa, Bavariya uning 2,5 million dozasini olishni kutyapti.
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Jamiyat
Toshkent va Moskva "Sputnik V" Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga kelishdi
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasidan allaqachon 66 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3,2 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. Nufuzli “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal maʼlumotlariga koʻra, vaktsinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori koʻrsatgichlardan biri sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala