Boris Jonsonning yashirin to‘yidagi birinchi surat paydo bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson
Premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq Britaniya bosh vaziri Vestminster cherkovida yashirincha turmush qurgani haqida xabar tarqalgan edi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va uning rafiqasi Kerri Saymonds o‘z to‘ylarida olingan birinchi suratni ko‘rsatishdi. Surat bosh vazirning Daunning-strit qarorgohida olingan.
Avvalroq The Sun nashri Boris Jonson Vestminster cherkovida yashirincha turmush qurgani haqida xabar tarqatgan edi. Tantanali marosimda juftlikning 30 ga yaqin kishilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
“Bosh vazir va Saymonds xonim kecha kunduzi turmush qurishdi, kichik marosim Vestminster cherkovida bo‘lib o‘tdi. Juftlik to‘yni kelasi yili oila va do‘stlari bilan nishonlaydi”, - deyiladi bosh vazir vakilining rasmiy bayonotida.
56 yoshli Britaniya bosh vaziri uchun 33 yoshli Saymonds bilan nikoh uchinchisi bo‘ldi. O‘tgan yili aprel oyida Jonson va Saymonds o‘g‘illi bo‘lgan edi.
Jonson ilgari Allegra Mostin-Ouen va Marina Uiler bilan oila qurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0