Braziliyada prezident siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishStrani mira. Braziliya
Strani mira. Braziliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
Aholi davlat rahbari Jair Bolsonaru hukumati va uning koronavirusga qarshi kurashish siyosatiga qarshi norozilik bildirgan.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. 29-may kuni butun Braziliya bo‘ylab davlat rahbari Jair Bolsonaru hukumati va uning koronavirusga qarshi kurashish siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda G1.Globo portali.
Norozilik namoyishlar barcha 26 ta shtat va federal okrugda bo‘lib o‘tgan. “The Guardian” nashrining yozishicha, ularni kamida 200 ta shahar va shaharchalarda o‘tkazishgan. Bu koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlangandan buyon eng yirik hukumatga qarshi namoyish bo‘lgan.
Namoyishchilar hukumatni COVID-19 ga qarshi vaksina xarid qilish, aholiga zudlik bilan yordam ko‘rsatish, pandemiya vaqtidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturiga qaytishga chaqirgan. Ayrim namoyishchilar Bolsonaru impichmentiga chorlovchi plakatlarni ko‘tarib olgan.
“Reuters” nashrining qayd etishicha, namoyishlar aksariyat shaharlarda tinch o‘tgan. Faqat mamlakatning shimoli-sharqidagi Resifi shahrida politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘q qo‘llagan.
Jair Bolsonaru pandemiya tarqalashining boshida koronavirusning xavfligini inkor qilib, u haddan ziyod bo‘rttirilgan deb aytgan edi. Uzoq vaqtda mamlakatda epidemiya sabab cheklov choralarini kiritishdan bosh tortgan. Pandemiyaga qaramasdan o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvlarda ishtirok etishni davom ettirgan. Bu tadbirlarda ko‘pincha niqobsiz paydo bo‘lgan. O‘tgan yil iyul oyida siyosatchi koronavirusni boshdan kechirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada 16,4 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 461 nafari vafot etgan. Mamlakat dunyoda COVID-19 dan o‘lim bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda.
Yangiliklar lentasi
0