Sport

Gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

© Press-slujba NOKGimnastka iz Uzbekistana Sabina Tashkenbayeva zavoyevala litsenziyu na Olimpiadu v Tokio
Gimnastka iz Uzbekistana Sabina Tashkenbayeva zavoyevala litsenziyu na Olimpiadu v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Bu badiiy gimnastika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritilgan birinchi litsenziyadir.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Italiyaning Pesaro shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining toʻrtinchi bosqichi yakunlandi. Unda oʻzbekistonlik gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, barcha bosqichlar yakuni boʻyicha Toshkenboyeva 130 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Bu litsenziya uchun kurashayotgan sportchilar orasida ikkinchi koʻrsatkich: Yekaterina Vedeneyeva (Sloveniya) – 145, Sabina Toshkenboyeva (Oʻzbekiston) – 130, Chisaki Oiva (Yaponiya) – 118.
“Bu badiiy gimnastika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritilgan birinchi litsenziya hisoblanadi”, - deyilgan xabarda.
Taekvondistы Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Sport
Oʻzbekistonlik taekvondochilar ilk bor toʻliq tarkibda Olimpiadada qatnashadi
Taʼkidlanishicha, oldinda guruh mashqi boʻyicha oʻzbekistonlik gimnastikachilarni Toshkentda oʻtadigan litsenzion Osiyo chempionati kutib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala