Mirziyoyev Seuldagi sammitda ishtirok etdi: asosiy fikrlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
Prezident Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tayotgan “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030” ikkinchi xalqaro sammitida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tayotgan “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030” ikkinchi xalqaro sammiti ishida ishtirok etdi.
Ikki kunlik forum kun tartibidan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yengib o‘tish, “yashil” tiklanish va uglerod neytralligini ta’minlash, shuningdek, BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va Iqlim bo‘yicha Parij bitimi qoidalarini bajarish masalalari o‘rin olgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi
Tadbirda dunyoning yetakchi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari, yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Mirziyoyev o‘z nutqida “yashil” tiklanish sohasida mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanishlarning muhim yo‘nalishlarini qayd etdi hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon qildi.
Davlat rahbari “yashil” va barqaror taraqqiyotga xizmat qiladigan samarali qarorlar qabul qilish uchun butun xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Orol dengizi halokatining global oqibatlarini yengib o‘tish bu boradagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni, shu jumladan maxsus tashkil etilgan BMT Trast jamg‘armasi, Yashil o‘sish global instituti, “P4G” sheriklik platformasi va boshqa xalqaro institutlar doirasida birgalikda faol davom ettirish taklif etildi.
Visoxshee Aralskoe more v Karakalpakstane - kladbishe korabley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
BMT O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha tashabbusini yakdillik bilan qabul qildi
O‘zbekiston Parij bitimi doirasida 2030-yilga qadar parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga sodiq ekani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan “yashil” texnologiyalarni keng joriy qilish va “yashil” energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish O‘zbekistonda yaqin o‘n yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 3 barobardan ziyodga ko‘paytirish imkonini berishi qayd etildi.
Kelgusi yili O‘zbekistonda “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yashil energetika” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish, shuningdek, “yashil” iste’mol madaniyatini shakllantirish maqsadida “yashil iqtisodiyot”ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbuslari ilgari surildi.
Prezident ushbu muhim sohada amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston "P4G" sherikligiga qo‘shilish hamda uning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanishga tayyor ekanini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0