O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati bir qator omillar bilan asoslanadi.
TOShKENT, 30 may — Sputnik. 29 may kuni O‘zbekiston Oliy majlisi Senatining XV yalpi majlisida senatorlar "O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.
Qonunni qabul qilish zarurati 2018-yilning yanvar oyida tashkil etilgan O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyati davlat rahbarining yopiq qarorlari bilan tartibga solingani, ochiq tarzdagi normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi bilan asoslangan.
Shuningdek, prezident davlat xavfsizlik xizmati maxsus vakolatli organ hisoblanib, qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquqiy, tashkiliy, qo‘riqlash, rejim, tezkor-qidiruv, muhandislik-texnik va boshqa tadbirlar majmuini amalga oshiradi.
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Milliy gvardiya mamlakatni “yangicha” qo‘riqlaydi – asosiy o‘zgarishlar
Bunda prezident davlat xavfsizlik xizmati tezkor-xizmat faoliyatining alohida jihatlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Xususan, prezident davlat xavfsizlik xizmati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida qo‘riqlanuvchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab, qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda erkin harakatlanishni, qo‘riqlanuvchi shaxslarning bo‘lish obyektlari atrofida va harakatlanish yo‘nalishlarida turli xil obyektlarning qurilishi va rekonstruksiyasini, qo‘riqlanuvchi shaxslarga va ular bo‘lish obyektlarida xizmat ko‘rsatishga bevosita jalb etilgan tashkilotlarning mehnat faoliyati amalga oshirilishini va boshqa harakatlarini cheklaydi.
Bundan tashqari, prezident davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari hamda qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ va kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘q otar qurolni qo‘llashning aniq tartibi belgilanmagan.
Shu munosabat bilan Qonunda quyidagi masalalarni tartibga solish ko‘zda tutilgan. Xususan:
qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida qo‘llaniladigan umume’tirof etilgan tushunchalar va atamalar, ularning mazmunini sharhlash va to‘g‘ri qo‘llash maqsadida ushbu faoliyat turining prinsiplari;
qo‘riqlanishi belgilangan qo‘riqlanuvchi shaxslarning toifasi;
prezident davlat xavfsizlik xizmatining maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida boshqa davlat organlari bilan xamkorlik qilish masalalari;
prezident davlat xavfsizlik xizmatining shaxsiy tarkibini butlash tartibi, harbiy xizmatchilarining maqomi, huquq va majburiyatlari;
prezident davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan haqiqiy harbiy xizmat o‘tashning alohida jihatlari, ularga harbiy unvon berish va kasbiy tayyorgarligini tashkil etish;
prezident davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining huquqiy va ijtimoiy himoyasi kafolatlari;
prezident davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini xizmat guvohnomalari, jetonlar va harbiy kiyim-kechak bilan ta’minlash masalalari;
prezident davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishining batafsil shartlari va tartibi;
prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini nazorat qilish tartibi nazarda tutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonun O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquqiy asoslarini takomillashishiga, amaldagi qonun hujjatlari va yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarga uyg‘unlashishiga xizmat qiladi.
Shavkat Mirziyoyev i oxrana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2020
OAV: O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi
Prezident davlat xavfsizlik xizmati 2018-yil fevral oyida tashkil etilgan. 2019-yil avgustida Davlat xavfsizlik xizmatining prezident, uning oila a’zolari, shuningdek xorijiy davlatlar rahbarlarini O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida himoya qilish bo‘yicha vakolatlari Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0