Madaniyat

Oʻzbekistonda yana bir bayram paydo boʻladi

Notы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
15 aprel Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Oliy Majlis Senati oʻn beshinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi. Bu haqda parlamentning yuqori palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qonun bilan 15 aprel Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.
Xabarda ayni paytda dunyoning koʻplab davlatlarida ushbu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanishi qayd etilgan.
Vo Dvortse kulturы MVD proxodit nagrajdeniye volonterov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Jamiyat
IIV madaniyat saroyida koʻngillilar taqdirlandi
Taʼkidlanishicha, mamlakatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va sanʼati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni shu bayram kunida “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala