Jamiyat

“Oʻzbekkontsert”ga yangi rahbar tayinlandi

© Telegram / ozodbek_axmadovichDjamoliddin Uzakov naznachen direktorom "Uzbekkontsert"
Djamoliddin Uzakov naznachen direktorom Uzbekkontsert - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Uzoqov Jamoliddin “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasiga rahbarlik qiladi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Jamoliddin Uzoqov “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maʼlum qildi.
“Turli masalalarda oʻz shaxsiy fikriga ega ekanligini, asosiysi, jamoa ahilligini taʼminlashda, bir maqsad yoʻlida mushtarak qilishda, oʻz ishiga jiddiy yondoshgan holda printsipial pozitsiyadan turib muassasaning oldiga qoʻygan maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatishini inobatga olib, Uzoqov Jamoliddin Erkinovichni vazirlikda Ijro apparati rahbarligi bilan bir asnoda “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinladik”, - deya yozgan vazir telegram kanalida.
Oʻtgan yil noyabridan Madaniyat vazirligi Kontsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Anvar Tojiboyev “Oʻzbekkontsert” direktori vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala