“O‘zbekkonsert”ga yangi rahbar tayinlandi

© Telegram / ozodbek_axmadovichDjamoliddin Uzakov naznachen direktorom "Uzbekkonsert"
Djamoliddin Uzakov naznachen direktorom Uzbekkonsert - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
Uzoqov Jamoliddin “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga rahbarlik qiladi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Jamoliddin Uzoqov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
“Turli masalalarda o‘z shaxsiy fikriga ega ekanligini, asosiysi, jamoa ahilligini ta’minlashda, bir maqsad yo‘lida mushtarak qilishda, o‘z ishiga jiddiy yondoshgan holda prinsipial pozitsiyadan turib muassasaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishini inobatga olib, Uzoqov Jamoliddin Erkinovichni vazirlikda Ijro apparati rahbarligi bilan bir asnoda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinladik”, - deya yozgan vazir telegram kanalida.
O‘tgan yil noyabridan Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Tojiboyev “O‘zbekkonsert” direktori vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0