Rossiyaliklar O‘zbekistonga sayohat uchun asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qarashmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Kalyan schitayetsya odnoy iz drevneyshix vo vsey Sentralnoy Azii i krupneyshey posle samarkandskoy mecheti Bibixanum
Mechet Kalyan schitayetsya odnoy iz drevneyshix vo vsey Sentralnoy Azii i krupneyshey  posle samarkandskoy mecheti Bibixanum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar rossiyalik sayyohlar may oyida qaysi davlatlarga ko‘proq chipta izlashganini tahlil qilishgan.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston may oyida rossiyaliklar aviachipta qidirgan eng ommabop mamlakatlardan biri bo‘ldi. Bundan Tutu.ru safar va sayohatlar xizmati markazi tadqiqoti natijalari darak bermoqda.
Mutaxassislar sayyohlar may oyida qaysi davlatlarga ko‘proq chipta izlashganini tahlil qilishgan. 2021-yil yozida Moskvadan uchib ketish yo‘nalishlari bo‘yicha qidirilgan so‘rovlar o‘rganilgan.
Tadqiqot Rossiya fuqarolarining aksariyati (76 foizi) mamlakat shaharlariga sayohat qilishni afzal bilishlarini ko‘rsatgan, 24 foizi esa chet el davlatlarini tanlashgan.
“Shunday qilib, Sobiq ittifoq mamlakatlariga – O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova va Ukrainaga ko‘proq chipta izlashmoqda”, - deyiladi RT xabarida.
Ushbu davlatlarga yoz oyida izlangan chiptalarning qariyb 70 foizi to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, yoz uchun qidirilgan chiptalar top yigirmataligiga Turkiya, Gretsiya, Gruziya, Misr, Bolgariya, Kipr, Chernogoriya, BAA, Serbiya va AQSh kiritilgan.
Medrese Kukeldash i mechet Xodja Axrar Vali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
O‘zbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirgan
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya turoperatorlari birlashmasi (ATOR) ijro etuvchi direktori Mayya Lomidze rossiyalik sayyohlarning joriy yil yoz mavsumida O‘zbekistonga sayohat qilishlariga reyslar soni va chiptalar narxi xalal berayotganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0