Hodisalar

Sirdaryodagi dalalardan birida butkul kuyib ketgan jasad topildi

Goryaщiy chelovek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Mirzaobod tumanida 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgan. Oʻta shafqatsizlik bilan qasddan odam oʻldirish moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgani haqidagi xabar yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi maʼlumot berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda katta ehtimol bilan oʻrta yoshlardagi erkak kishining 100 foiz kuygan — yoqib yuborilgan jasadi kuni kecha 28 may kuni kunduzi (tushdan keyin) Mirzaobod tumani hududidagi dalalardan birida topilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (Oʻta shafqatsizlik bilan qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi jinoyatni fosh etish choralarini koʻrmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala