Andijonda kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
TOShKENT, 31 may — Sputnik. Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalgan edi.
“Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi”, - deyilgan xabarda.
Sirdaryodagi dalalardan birida butkul kuyib ketgan jasad topildi
Bosh prokuratura matbuotining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Oltinko‘l tumani IIB Tergov bo‘limi tergov harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0