Dunyoda

“Bemorning koʻzi olib tashlandi”: Hindistondan soʻng Misr ham “qora mogʻor” hujumiga uchradi

© REUTERS / Amit DaveIndiytsы molyatsya posle naneseniya na telo korovyego navoza dlya podnyatiya immuniteta i zaщitы ot koronavirusa
Indiytsы molyatsya posle naneseniya na telo korovyego navoza dlya podnyatiya immuniteta i zaщitы ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Hindistonda soʻng Misrda 7 kishi “qora mogʻor” – mukormikoz kasalligiga chalindi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Hindistonda soʻng Misrda 7 kishi “qora mogʻor” – mukormikoz kasalligiga chalindi.
Bundan avval bu oʻta xavfli kasallik Hindistonda aniqlandi: shifokorlar infektsiya miyaga oʻtib ketmasligi uchun bemorlarning koʻzlarini olib tashlashga majbur. Qora mogʻor”ga chalingan bemorlarning taxminan 60 foizi koʻzlarini yoʻqotishgan.
Misrda kasallik paydo boʻlgani haqida Zakazik universiteti rektori Usmon Shaʼlyon maʼlum qildi.
Rektorning soʻzlariga koʻra, barcha holatlar Sharqiya viloyatida qayd etildi.
“Uch nafar bemor mogʻor bilan zararlangan organlarni olib tashlash boʻyicha jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi, bir nafar bemorning ahvoli ogʻir”, - dedi rektor.
“Qora mogʻor” sporalari tuproq, chang va organik chirish mahsulotlarida saqlanadi. Bu zamburugʻ odam organizmiga aksariyat holatlarda oʻpkani sunʼiy shamollatish qurilmalari orqali tushadi.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, mukormikoz boshqa zamburugʻlar kabi uzoq vaqt davomida gormonlar bilan davolangan va kislorod taʼminotiga ulangan COVID-bemorlarda aniqlanmoqda.
Kasallik, shuningdek, katta dozada steroidlar olgan diabetiklarda ham uchramoqda. Ushbu infektsiya koʻz, oʻpka va burun-halqumni shikastlaydi.
Ayni vaqtda Hindistonda “qora mogʻor”ga chalinganlar soni 11 mingdan oshdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala