Jamiyat

Hafta davomida +43 daraja issiq ob-havo kutilmoqda

© Sputnik / Anna JelixovskayaIzlyublennoye mesto dlya otdыxa uzbekistantsev v avguste 2020-go ne uznat - ne mnogiye otvajilis daje posle snyatiya karantina priyexat na otdыx.
Izlyublennoye mesto dlya otdыxa uzbekistantsev v avguste 2020-go ne uznat - ne mnogiye otvajilis daje posle snyatiya karantina priyexat na otdыx. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Oʻzbekistonda hafta davomida juda issiq ob-havo saqlanib qoladi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Hafta davomida Oʻzbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo boʻlishi davom etadi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin va Toshkent viloyatida 1 iyun kuni kechki payt momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Ish haftasi davomida koʻpgina viloyatlarda havo harorati kechalari 22—25 daraja iliqni, kunduz kunlari 37—39 daraja issiqni, janubda va choʻl hududlarida 38—43 daraja issiqni tashkil etadi.
Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori boʻladi.
31 may va 1-2 iyun kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala