Dunyoda

Insoniyat COVID-26 va COVID-32 duch kelishi mumkin - AQSH olimi

© AP PhotoIzobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV
Izobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Amerikalik olim Piter Xotez COVID-26 va COVID-32 xavfi haqida ogohlantirdi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. COVID-19ning kelib chiqishini puxta oʻrganib chiqish kerak, aks holda insoniyat COVID-26 va COVID-32 xavfiga duch kelishi mumkin, dedi amerikalik olim va AQShda koronavirus va yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassislardan biri Piter Xotez. RIA Novosti.
"Bu XXI asrdagi uchinchi yirik koronavirus epidemiyasi yoki pandemiya (SARS va MERSdan keyin) ... Hozirgisi - hisob boʻyicha uchinchisi. Tabiat ona bizga nima boʻlishini aytmoqda: agar biz COVID-19 kelib chiqishini toʻliq tushunmasak COVID-26 va COVID-32 boʻladi", - dedi ekspert NBC News efirida.
Xotez yangi koronavirusning "avj olishi"ni tekshirish zarurligini taʼkidladi. Buning uchun virusologlar, epidemiologlar va boshqa mutaxassislarni epidemiya boshlangan Xitoyning Uxan shahriga yuborish kerak. U yerda ular maʼlumot va kerakli namunalarni toʻplashlari kerak, deb qoʻshimcha qildi olim.
Ekspertning fikriga koʻra, bu masalada Xitoy bilan hamkorlik qilmasdan koronavirusning kelib chiqishi toʻgʻrisida maʼlumot olish qiyin boʻladi.
"Oʻylaymanki, Xitoyda yetakchi epidemiolog va virusologlar guruhi hayvonlar, odamlar, namunalar va laboratoriyalarga toʻsiqsiz kirish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun biz Xitoyga kuchli bosim oʻtkazishimiz kerak, shu jumladan sanktsiyalar bilan", - deb qoʻshimcha qildi Xotez.
Avvalroq, Oq uy bayonot tarqatdi, unga koʻra koronavirusning ilmiy laboratoriyadagi favqulodda holat tufayli tarqalishi versiyasi hali ham inkor etilmayapti. Xabarda AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakat razvedka xizmati virus kelib chiqishining 2ta versiyasi keltiriladi: virusning hayvon va laboratoriyadan odamlarga yuqishi; 90 kun ichida razvedka ikki barobar kuch sarflagan holda maʼlumotlarni toʻplab, tahlil qilishni davom ettirishi, natijasi boʻyicha keyin prezidentga axborot berishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala