Japarov Rossiya va Qirg‘izistonni abadiy ittifoqdoshlar deb atadi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Kirgizii S. Japarovim
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Kirgizii S. Japarovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Qirg‘iziston va Rossiya hamisha abadiy ittifoqdosh va iqtisodiy hamkor bo‘lishi ta’kidladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Qirg‘iziston va Rossiya hamisha abadiy ittifoqdosh va iqtisodiy hamkor bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rossiya uchun, Vladimir Vladimirovich Putin uchun Qirg‘iziston taqdiri befarq emas. Biz – abadiy ittifoqdosh va savdo-iqtisodiy hamkorlarmiz, shu bois birinchi navbatda biz Qirg‘izistonning keyingi rivojlanishini muhokama qildik. Umuman olganda uchrashuvimiz yakunlaridan juda mamnun bo‘ldim”, - dedi Japarov.
Peregovori prezidenta RF V. Putina prezidentom Kirgizii S. Japarovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Putin Japarov bilan tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Qirg‘iziston rahbari 24-25 may kunlari Rossiyaga tashrif buyurdi. Sochidagi uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdi va dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, ular koronavirusga qarshi kurashish masalalari va qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0