Jamiyat

Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanadiganlar roʻyxati kengaytirildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik V"
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
31 maydan bu roʻyxatga chet elga oʻqishga boradigan talabalar, jurnalistlar, blogerlar, yozuvchilar qoʻshildi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanadiganlar roʻyxati kengaymoqda. Bu haqda respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova maʼlum qildi.
“31 may kunidan boshlab bu roʻyxatga chet elga oʻqishga boradigan talabalar, ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar), yozuvchilar, teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlari qoʻshildi”, - dedi Toirova.
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Jamiyat
Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi
Oʻzbekistonda aholini 1 apreldan koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori kishilar, tibbiyot xodimlari, maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim muassasa tarbiyalovchilari hamda surunkali xastaliklari bor fuqarolarni emlashga eʼtibor qaratildi. Aholi ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va “Sputnik V” vaktsinalari bilan emlanmoqda. Ayni kungacha mamlakatda jami 1,9 milliondan ziyod vaktsina dozasidan foydalanilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala