Iqtisod

Oʻzbekistonda ilk bor minimal isteʼmol xarajatlari miqdori hisoblab chiqildi

© AFP 2018 / Herbert Pfarrhofer / APAPokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii
Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
MIX koʻrsatgichi – milliy kambagʻallik chegarasini belgilash, ijtimoiy himoya va manzilli yordam koʻrsatish dasturlarida foydalanish mumkin.
TOSHKENT, 31 may – Sputnik. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekistonda ilk bor minimal isteʼmol xarajatlarining qiymatini hisoblab chiqdi. Bu haqida AOKAda boʻlib oʻtgan anjumandan Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblar natijasida aniqlanishiga koʻra, Oʻzbekistonda minimal isteʼmol xarajatlar 440 ming soʻm deb belgilangan. Ushbu xarajatlar tarkibiga oziq-ovqat xarajatlari,nooziq-ovqat xarajatlar va xizmatlar kiritilgan.
Hisob-kitoblar shuni koʻrsatdiki, aholining eng kambagʻal qatlami isteʼmol savatida oziq-ovqatlar xarajatlarning – 68% ulushini tashkil qilgan.
Shuningdek, ushbu koʻrsatgichni hisobga olishda, xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan zaruriy energiyaviy qiymat - bir kishi bir kun davomida isteʼmol qiladigan kaloriyalar miqdori (2200 KKal) ham inobatga olingan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekistonda birinchi bor MIX koʻrsatgichini hisoblashda Jahon banki bilan hamkorlik qilgan. Ular, respublikaning turli hududlarida yashovchi 5400 nafar oilalarni tanlab olib, maʼlum muddat davomida ularning barcha daromad va xarajatlarini kuzatib borishgan. Vazirlik xabariga koʻra, 2021 yilda xuddi shunday kuzatuv 10 000 xoʻjalikda olib boriladi va kelgusi yilgi MIX koʻrsatgichi aniqlanadi.
Korzina s produktami v kanadskom supermarkete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Oʻzbekistonda "isteʼmol savati"ning loyihasi ishlab chiqilmoqda
MIX koʻrsatgichi – milliy kambagʻallik chegarasini belgilash uchun asos boʻladi. Undan ijtimoiy himoya va yordam koʻrsatish dasturlarida samarali mezon sifatida foydalanish mumkin. MIX koʻrsatgichiga asoslanib 2020 yil oxirida Oʻzbekistonda kambagʻallar sonini aniqlash mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala