O‘zbekistonda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari miqdori hisoblab chiqildi

© AFP 2023 / Herbert Pfarrhofer / APAPokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii
Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
MIX ko‘rsatgichi – milliy kambag‘allik chegarasini belgilash, ijtimoiy himoya va manzilli yordam ko‘rsatish dasturlarida foydalanish mumkin.
TOShKENT, 31-may – Sputnik. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekistonda ilk bor minimal iste’mol xarajatlarining qiymatini hisoblab chiqdi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan anjumandan Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblar natijasida aniqlanishiga ko‘ra, O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlar 440 ming so‘m deb belgilangan. Ushbu xarajatlar tarkibiga oziq-ovqat xarajatlari,nooziq-ovqat xarajatlar va xizmatlar kiritilgan.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, aholining eng kambag‘al qatlami iste’mol savatida oziq-ovqatlar xarajatlarning – 68% ulushini tashkil qilgan.
Shuningdek, ushbu ko‘rsatgichni hisobga olishda, xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan zaruriy energiyaviy qiymat - bir kishi bir kun davomida iste’mol qiladigan kaloriyalar miqdori (2200 KKal) ham inobatga olingan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekistonda birinchi bor MIX ko‘rsatgichini hisoblashda Jahon banki bilan hamkorlik qilgan. Ular, respublikaning turli hududlarida yashovchi 5400 nafar oilalarni tanlab olib, ma’lum muddat davomida ularning barcha daromad va xarajatlarini kuzatib borishgan. Vazirlik xabariga ko‘ra, 2021-yilda xuddi shunday kuzatuv 10 000 xo‘jalikda olib boriladi va kelgusi yilgi MIX ko‘rsatgichi aniqlanadi.
Korzina s produktami v kanadskom supermarkete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2020
O‘zbekistonda "iste’mol savati"ning loyihasi ishlab chiqilmoqda
MIX ko‘rsatgichi – milliy kambag‘allik chegarasini belgilash uchun asos bo‘ladi. Undan ijtimoiy himoya va yordam ko‘rsatish dasturlarida samarali mezon sifatida foydalanish mumkin. MIX ko‘rsatgichiga asoslanib 2020-yil oxirida O‘zbekistonda kambag‘allar sonini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0