Rossiya sovg‘asi "Shon-sharaf" muzeyiga topshirildi

© Press-slujba NSPChKolleksiya "Marshal Jukov" peredana Muzeyu Slavi v Tashkente
Kolleksiya Marshal Jukov peredana Muzeyu Slavi v Tashkente   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya tomonidan tuhfa qilingan "Marshal Jukov" nomli maxsus kolleksiya G‘alaba bog‘idagi "Shon-sharaflar muzeyiga topshirildi.
TOShKENT, 31-may – Sputnik. Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanovning O‘zbekiston “Inson huquqlari” milliy markazi delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi vaqtida taqdim etilgan maxsus sovg‘asi Toshkentdagi G‘alaba Bog‘idagi Shon-sharaf davlat muzeyiga topshirildi.
“Marshal Jukov” deb nomlanuvchi ushbu badiiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlar majmuasi– nafis did bilan ishlov berilgan rangin yog‘och quticha va mo‘’jaz esdalik ruchkadan iborat.
“Shon-sharaf” davlat muzeyi direktori, polkovnik Muxtorjon Shokirov noyob eksponat uchun minnatdorchilik bildirar ekan, ushbu qimmatli tuhfa muzeyning xorijlik davlat va jamoat arboblari taqdim etgan sovg‘alar bo‘limidan munosib joy egallashini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 18-may kuni Moskvada “G‘alaba bog‘i falsafasi” kitobining taqdimot marosimini o‘tkazgan etgan edi.
Ma’lumot uchun: “Shon-sharaf” davlat muzeyiga 2020-yil oktabr oyida keng omma uchun ochilgan edi. Muzeydagi eksponatlarning jami soni 30 mingtaga yaqin bo‘lib, shundan 12 mingtasi namoyishga qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0