Sport

Toshkent viloyatida yangi uloq-koʻpkari sport klubi ish boshladi

© XSV Tashkentskoy oblasti otkrыlsya konno-sportivnыy klub "Bayir"
V Tashkentskoy oblasti otkrыlsya konno-sportivnыy klub Bayir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
"Bayir" uloq - koʻpkari sport klubida 100 boshgacha zotli otlarni parvarish qilish, choptirish va anʼanaviy ot oʻyinlariga oʻrgatish uchun sharoitlar yaratilgan.
TOSHKENT, 31 may - Sputnik. Kecha, 30 may kuni Toshkent viloyatida "Bayir" uloq - koʻpkari sport klubining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Xalq soʻzi nashri.
"Bayir" uloq - koʻpkari sport klubi Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi tashabbusi bilan davlat – xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan. Sport klubida 100 boshgacha qorabayir zotli otlarni choptirish, boqish va parvarishlash, shuningdek, milliy va anʼanaviy ot oʻyinlarini oʻrgatishga moʻljallangan barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Klubning tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Toshkent tuman hokimi Odilxon Rustamov, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi raisi Nabijon Joʻrayev va boshqa shaxslar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala