Toshkent viloyatida yangi uloq-ko‘pkari sport klubi ish boshladi

© XSV Tashkentskoy oblasti otkrilsya konno-sportivniy klub "Bayir"
V Tashkentskoy oblasti otkrilsya konno-sportivniy klub Bayir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
"Bayir" uloq - ko‘pkari sport klubida 100 boshgacha zotli otlarni parvarish qilish, choptirish va an’anaviy ot o‘yinlariga o‘rgatish uchun sharoitlar yaratilgan.
TOShKENT, 31-may - Sputnik. Kecha, 30-may kuni Toshkent viloyatida "Bayir" uloq - ko‘pkari sport klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Xalq so‘zi nashri.
"Bayir" uloq - ko‘pkari sport klubi O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi tashabbusi bilan davlat – xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan. Sport klubida 100 boshgacha qorabayir zotli otlarni choptirish, boqish va parvarishlash, shuningdek, milliy va an’anaviy ot o‘yinlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Klubning tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Toshkent tuman hokimi Odilxon Rustamov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi raisi Nabijon Jo‘rayev va boshqa shaxslar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0