Afg‘onistondagi Alisher Navoiy maqbarasi oldida masjid quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planom rekonstruksii mazvoleya Alisher Navoiy v Afganistane
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planom rekonstruksii mazvoleya Alisher Navoiy v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
Prezident O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishib chiqdi.
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Afg‘onistonning Hirot shahrida joylashgan buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va obodonlashtirish, masalalari muhokama qilindi.
Prezidentga taqdim etilgan loyihaga muvofiq, maqbara hududiga kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtog‘idan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi ko‘kalamzorlashtiriladi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini joyida o‘rganish asosida ishlab chiqilgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu loyiha bilan tanishib, mutasaddilarga ularni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlari - O‘zbekiston prezidentning 2020-yil 19-oktabrda imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0