Jamiyat

Andijon – Oʻsh: bugundan mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi

© Departament turizma AndijanaMikroavtobus Anjijan - Osh
Mikroavtobus Anjijan - Osh - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Andijon – Oʻsh yoʻnalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Bugun, 1 iyun sanasidan Andijon – Oʻsh yoʻnalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklanib, Qirgʻiziston Respublikasiga tegishli “Transordo” MCHJ tomonidan 12 dona zamonaviy mikroavtobuslar qatnovlarni amalga oshirishni boshladi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Bu yoʻnalishdagi qatnovlar 2019 yil 25 sentyabr sanasidan yoʻlga qoʻyilgan edi. 2020 yilda respublika hududiga koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida yoʻnalishdagi qatnovlar vaqtinchalik toʻxtatilgandi.
Davlat chegaralarini kesib oʻtish jarayonida ikki davlat fuqarolaridan soʻnggi 72 soat ichida oʻtkazilgan koronavirus infektsiyasi yoʻqligini koʻrsatuvchi PZR testi natijalari hamda Oʻzbekiston fuqarolaridan xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud boʻlishi talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala