Kolumnistlar

AQSH harbiy bazalari himoyasiz deb tan olindi

© REUTERS / HandoutKompleks PRO THAAD
Kompleks PRO THAAD   - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
CSBA tahlilchilari AQShning xorijda joylashtirilgan harbiy bazalarini kuchli raqib hujumiga dosh bera olmaydi deb hisoblaydi va ularni eng zamonaviy lazer va mikrotoʻlqinli qurollar bilan jihozlashni tavsiya qilmoqda.
Dunyoning turli burchaklarida joylashtirilgan AQSH harbiylari bundan buyon oʻzlarini xavfsiz his qilmayapti, deb hisoblaydi Strategik baholash markazi tahlilchilari (CSBA). Ularning xulosasiga koʻra, xorijda joylashtirilgan harbiy bazalar kuchli raqib hujumiga dosh bera olmaydi. Rossiya va Xitoy ularning himoyasini yengib oʻtishga qodir, shu sababli ularga mutlaq yangi qurol-aslaha tizimlari kerak, deb hisoblaydi Markaz.

Kritik zaiflik

Amerikaning butun dunyo boʻylab joylashtirilgan 800ga yaqin harbiy bazalari 1945 yildan buyon xavfsizligi taʼminlangan deb hisoblanib kelinardi. Asosiy xavf sifatida Eron yoki Shimoliy Koreya kabi kuchli bosim ostida boʻlgan davlatlar sanab oʻtilardi. Bugungi kunga kelib CSBA mutaxassislari AQSH xorijiy harbiy bazalaridagi zenit-raketa himoya vositalari Rossiya yoki Xitoy kabi kuchli davlat hujumiga dosh bera olmaydi.
“Bizning xorijiy harbiy bazalarimiz koʻp sonli raketa va uchuvchisiz apparatlar hujumiga dosh bera olmaydi. Bugun biz asosan sovuq urush yillarida yaratilgan havo hujumi va raketa hujumiga qarshi himoya tizimiga asoslanmoqdamiz xolos. Bizning ehtimoliy raqiblarimiz esa oʻzlarining zarba berish qurollarini jiddiy yangilashga muvaffaq boʻlishdi”, - deyilgan hisobotda.
Nezakonnaya torgovlya nefteproduktami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2019
Dunyoda
AQSH Suriyaning neftli hududida 2ta yangi harbiy baza qurmoqda - OAV
Tahlilchilar xulosasiga koʻra, XXR ixtiyorida 1200ta kichik masofali ballistik raketalar bor. Undan tashqari Janubiy-Xitoy dengizidagi ikkinchi orollar zanjiriga zarba berishi mumkin boʻlgan yanaa 200-300ta qurollar bor.
Shu bilan birga Pekinda zarba berish masofasi 1500km boʻlgan 1000ta yerda joylashtiriladigan raketalar bor. Undan tashqari AQSH harbiy bazalari uchun Xitoyning H-6 strategik bombardimonchilari, hamda AQSH hududiga zarba berishi mumkin boʻlgan H-20 - istiqbolli koʻrinmas samolyotlari ham bor.
Moskva boʻlsa – Pentagonning Yevropadagi harbiy obʼyektlari uchun jiddiy xavf solmoqda. Rossiyada katta miqdorda taktik raketa qurollari arsenali, yaqin masofalarga zarba beruvchi “Iskander-M” ballistik komplekslari, yerda, havoda va suvda joylashtiriladigan turli xil qanotli raketalar bor. Eng yangi gipertovush tezligida zarba beruvchi qurollar esa Vashingtonda alohida xavf oʻygʻotmoqda.

Dronlarga ishonib

AQSH harbiy bazalari Patriot zenit-raketa va THAAD raketa zarbasiga qarshi tizimlari bilan himoyalangan. Ular barcha turdagi aerodinamik va ballistik nishonlarga zarba bera oladi. Yaqin hududlar uchun – Norvegiyaning NASAMS zenit raketa tizimlari va Phalanx artilleriya majmualari bor. Lekin ushbu havo mudofaa tizimlarining samaradorligi jiddiy ikkilanishga sabab boʻlmoqda.
Masalan Saudiya Arabistoniga eksport qilintgan "Patriot" tizimlari bir necha bor Yaman xusiylarning uchuvchisiz apparatlariga qarshi mutlaq samarasiz ekanini namoyish qilgan edi. Undan tashqari amerkaliklarning Iroqdagi harbiy bazasi 2020 yilning yanvar oyimda general Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishidan soʻng, Eron raketa hujumini qaytara olmagan edi.
Ispыtaniya bespilotnika-ognemeta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2019
Video
AQShda oʻtsochar dron sinovdan oʻtkazildi - video
Xulosa shuki, harbiy bazalarni Rossiya kabi kuchli raqibdan ishonchli himoya qilish uchun, koʻp bosqichli raketaga qarshi himoya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqib amalda tatbiq etish kerak. Bir tarmoqqa ulangan va kuchli sensorga ega boʻlgan oʻnlab uchuvchisiz apparatlar avtonom ravishda qanotli raketalar ehtimoliy yoʻnalishlarida navbatchilik qiladi va raketalarni kuzatib boradi va olingan maʼlumotlarni boshqa platformalarga uzatadi.
Mudofaaning navbatdagi chizigʻi – “havo – havo” turkumidagi uzoq masofada tutib oluvchi va zarba beruvchi raketalar bilan jihozlangan samolyotlar va uchuvchisiz apparatlardir. Ularning vazifasi – ballistik nishonlarni tutib olib, bazaga yaqinlashganda urib tushirishdir. Dronlarning bir qismini quvvati 100-150 kilovatt boʻlgan kelajak lazerlari bilan jihozlashdir. Ular toʻgʻri koʻrinishda boʻlgan uchar apparatlar va qurol aslahalarni zararsizlantirishi mumkin.

Iqtisodiy yutuq

Hisobotda aytilishiga koʻra, aynan yangi fizikaviy printsiplarga asoslangan qurollar mavjud havo va raketa himoya tizimlari bilan birgalikda Amerika bazalarini xavfdan qutqarishi mumkin. Pentagon 2022 yilga qadar yangi 300-kilovattli yerda joylashtiriladigan jangovar lazer namunalarini olishni rejalashtirmoqda.
Uning quvvati uchuvchisiz apparatlar va qanotli raketalarni kafolat bilan yoʻq qilish uchun yetarli boʻladi. Kelajakda esa u samolyotlarni ham yoʻq qiladigan boʻladi. Ustiga-ustak, ushbu maslama odatiy zenit raketa tizimidan iqtisodiy jihatdan bir necha karra samarali hisoblanadi.
Patriot zenit-raketa majmuasining qiymati — besh million dollarga yaqin. Lazer quroldan bir marotaba oʻq oʻzish esa – kulgili 100 dollarga teng.
2024 yilda AQSH armiyasiga THOR (Tactical High Power Operational Responder) – mikrotoʻlqinli pushkalar yetkazib beriladi. Ushbu qurol kuchli elektromagnit impuls yordamida kichik dronlar toʻdasiga va qanotlari raketalarga qarshi ularning murakkab elektron tizimlarini ishdan chiqarish orqali samarali kurashishi mumkin.
Zapusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketы Minuteman 3  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2019
Dunyoda
AQSH lazer qurolni sinovdan oʻtkazdi
Vanihoyat, mudofaaning soʻnggi chizigʻi – M109 artilleriya tizimlaridir. Ushbu qurol uchun kelajakda gipertovush tezligida uchuvchi snaryad ishlab chiqarilmoqda HVP (Hyper-Velocity Projectile). Ushbu universal qurolni havo nishonlariga qarshi qoʻllash mumkin. U raketalar yoʻlida metall oskolkalardan iborat qalin bulutlar hosil qilishi mumkin.
CSBA tahlishlchilari xulosasiga koʻra, havo mudofaa tizimining ana shunday konfiguratsiyasi xorijiy bazalar havo va raketa himoya tizimlarini 250 dengiz mili (460km) masofasida ishonchli himoya qilishi mumkin.
Lekin bugungi kunda tutib olish obʼyektlari sonini oshirish natijasida yengib oʻtish mumkin boʻlmagan havo himoya tizimi yoʻq. Buning uchun dushmar tutib olishi mumkin boʻlgan raketlar sonidan koʻproq raketa uchirish kifoyadir.
AQShning eng yangi lazer va elektron qurollarga ishonishi – umuman mantiqqa muvofiqdir, lekin hozircha ushbu tizimlar ishlab chiqarish bosqichida turibdi, ularning dastlabki namunalari qachon ishga tushishi ham maʼlum emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala