AQSh harbiy bazalari himoyasiz deb tan olindi

© REUTERS / HandoutKompleks PRO THAAD
Kompleks PRO THAAD   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
CSBA tahlilchilari AQShning xorijda joylashtirilgan harbiy bazalarini kuchli raqib hujumiga dosh bera olmaydi deb hisoblaydi va ularni eng zamonaviy lazer va mikroto‘lqinli qurollar bilan jihozlashni tavsiya qilmoqda.
Dunyoning turli burchaklarida joylashtirilgan AQSh harbiylari bundan buyon o‘zlarini xavfsiz his qilmayapti, deb hisoblaydi Strategik baholash markazi tahlilchilari (CSBA). Ularning xulosasiga ko‘ra, xorijda joylashtirilgan harbiy bazalar kuchli raqib hujumiga dosh bera olmaydi. Rossiya va Xitoy ularning himoyasini yengib o‘tishga qodir, shu sababli ularga mutlaq yangi qurol-aslaha tizimlari kerak, deb hisoblaydi Markaz.

Kritik zaiflik

Amerikaning butun dunyo bo‘ylab joylashtirilgan 800ga yaqin harbiy bazalari 1945-yildan buyon xavfsizligi ta’minlangan deb hisoblanib kelinardi. Asosiy xavf sifatida Eron yoki Shimoliy Koreya kabi kuchli bosim ostida bo‘lgan davlatlar sanab o‘tilardi. Bugungi kunga kelib CSBA mutaxassislari AQSh xorijiy harbiy bazalaridagi zenit-raketa himoya vositalari Rossiya yoki Xitoy kabi kuchli davlat hujumiga dosh bera olmaydi.
“Bizning xorijiy harbiy bazalarimiz ko‘p sonli raketa va uchuvchisiz apparatlar hujumiga dosh bera olmaydi. Bugun biz asosan sovuq urush yillarida yaratilgan havo hujumi va raketa hujumiga qarshi himoya tizimiga asoslanmoqdamiz xolos. Bizning ehtimoliy raqiblarimiz esa o‘zlarining zarba berish qurollarini jiddiy yangilashga muvaffaq bo‘lishdi”, - deyilgan hisobotda.
Nezakonnaya torgovlya nefteproduktami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2019
AQSh Suriyaning neftli hududida 2ta yangi harbiy baza qurmoqda - OAV
Tahlilchilar xulosasiga ko‘ra, XXR ixtiyorida 1200ta kichik masofali ballistik raketalar bor. Undan tashqari Janubiy-Xitoy dengizidagi ikkinchi orollar zanjiriga zarba berishi mumkin bo‘lgan yanaa 200-300ta qurollar bor.
Shu bilan birga Pekinda zarba berish masofasi 1500km bo‘lgan 1000ta yerda joylashtiriladigan raketalar bor. Undan tashqari AQSh harbiy bazalari uchun Xitoyning H-6 strategik bombardimonchilari, hamda AQSh hududiga zarba berishi mumkin bo‘lgan H-20 - istiqbolli ko‘rinmas samolyotlari ham bor.
Moskva bo‘lsa – Pentagonning Yevropadagi harbiy obyektlari uchun jiddiy xavf solmoqda. Rossiyada katta miqdorda taktik raketa qurollari arsenali, yaqin masofalarga zarba beruvchi “Iskander-M” ballistik komplekslari, yerda, havoda va suvda joylashtiriladigan turli xil qanotli raketalar bor. Eng yangi gipertovush tezligida zarba beruvchi qurollar esa Vashingtonda alohida xavf o‘yg‘otmoqda.

Dronlarga ishonib

AQSh harbiy bazalari Patriot zenit-raketa va THAAD raketa zarbasiga qarshi tizimlari bilan himoyalangan. Ular barcha turdagi aerodinamik va ballistik nishonlarga zarba bera oladi. Yaqin hududlar uchun – Norvegiyaning NASAMS zenit raketa tizimlari va Phalanx artilleriya majmualari bor. Lekin ushbu havo mudofaa tizimlarining samaradorligi jiddiy ikkilanishga sabab bo‘lmoqda.
Masalan Saudiya Arabistoniga eksport qilintgan "Patriot" tizimlari bir necha bor Yaman xusiylarning uchuvchisiz apparatlariga qarshi mutlaq samarasiz ekanini namoyish qilgan edi. Undan tashqari amerkaliklarning Iroqdagi harbiy bazasi 2020-yilning yanvar oyimda general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishidan so‘ng, Eron raketa hujumini qaytara olmagan edi.
Ispitaniya bespilotnika-ognemeta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2019
AQShda o‘tsochar dron sinovdan o‘tkazildi - video
Xulosa shuki, harbiy bazalarni Rossiya kabi kuchli raqibdan ishonchli himoya qilish uchun, ko‘p bosqichli raketaga qarshi himoya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqib amalda tatbiq etish kerak. Bir tarmoqqa ulangan va kuchli sensorga ega bo‘lgan o‘nlab uchuvchisiz apparatlar avtonom ravishda qanotli raketalar ehtimoliy yo‘nalishlarida navbatchilik qiladi va raketalarni kuzatib boradi va olingan ma’lumotlarni boshqa platformalarga uzatadi.
Mudofaaning navbatdagi chizig‘i – “havo – havo” turkumidagi uzoq masofada tutib oluvchi va zarba beruvchi raketalar bilan jihozlangan samolyotlar va uchuvchisiz apparatlardir. Ularning vazifasi – ballistik nishonlarni tutib olib, bazaga yaqinlashganda urib tushirishdir. Dronlarning bir qismini quvvati 100-150 kilovatt bo‘lgan kelajak lazerlari bilan jihozlashdir. Ular to‘g‘ri ko‘rinishda bo‘lgan uchar apparatlar va qurol aslahalarni zararsizlantirishi mumkin.

Iqtisodiy yutuq

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, aynan yangi fizikaviy prinsiplarga asoslangan qurollar mavjud havo va raketa himoya tizimlari bilan birgalikda Amerika bazalarini xavfdan qutqarishi mumkin. Pentagon 2022-yilga qadar yangi 300-kilovattli yerda joylashtiriladigan jangovar lazer namunalarini olishni rejalashtirmoqda.
Uning quvvati uchuvchisiz apparatlar va qanotli raketalarni kafolat bilan yo‘q qilish uchun yetarli bo‘ladi. Kelajakda esa u samolyotlarni ham yo‘q qiladigan bo‘ladi. Ustiga-ustak, ushbu maslama odatiy zenit raketa tizimidan iqtisodiy jihatdan bir necha karra samarali hisoblanadi.
Patriot zenit-raketa majmuasining qiymati — besh million dollarga yaqin. Lazer quroldan bir marotaba o‘q o‘zish esa – kulgili 100 dollarga teng.
2024 yilda AQSh armiyasiga THOR (Tactical High Power Operational Responder) – mikroto‘lqinli pushkalar yetkazib beriladi. Ushbu qurol kuchli elektromagnit impuls yordamida kichik dronlar to‘dasiga va qanotlari raketalarga qarshi ularning murakkab elektron tizimlarini ishdan chiqarish orqali samarali kurashishi mumkin.
Zapusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi Minuteman 3  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2019
AQSh lazer qurolni sinovdan o‘tkazdi
Vanihoyat, mudofaaning so‘nggi chizig‘i – M109 artilleriya tizimlaridir. Ushbu qurol uchun kelajakda gipertovush tezligida uchuvchi snarad ishlab chiqarilmoqda HVP (Hyper-Velocity Projectile). Ushbu universal qurolni havo nishonlariga qarshi qo‘llash mumkin. U raketalar yo‘lida metall oskolkalardan iborat qalin bulutlar hosil qilishi mumkin.
CSBA tahlishlchilari xulosasiga ko‘ra, havo mudofaa tizimining ana shunday konfiguratsiyasi xorijiy bazalar havo va raketa himoya tizimlarini 250 dengiz mili (460km) masofasida ishonchli himoya qilishi mumkin.
Lekin bugungi kunda tutib olish obyektlari sonini oshirish natijasida yengib o‘tish mumkin bo‘lmagan havo himoya tizimi yo‘q. Buning uchun dushmar tutib olishi mumkin bo‘lgan raketlar sonidan ko‘proq raketa uchirish kifoyadir.
AQShning eng yangi lazer va elektron qurollarga ishonishi – umuman mantiqqa muvofiqdir, lekin hozircha ushbu tizimlar ishlab chiqarish bosqichida turibdi, ularning dastlabki namunalari qachon ishga tushishi ham ma’lum emas.
Yangiliklar lentasi
0